Ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar maktabgacha ta’lim tizimida ham o‘zining samaralarini namoyon etmoqda.

Mamlakatimizda mavjud besh mingdan ziyod maktabgacha ta’lim muassasasida 670 ming o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. Tarbiya maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tubdan ta’mirlash, zarur texnik jihozlar, o‘quv-uslubiy vositalar bilan ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi izchil ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim huquqiy asos bo‘ladi.

Mazkur qaror bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ularning intellektual, axloqiy-estetik va jismonan to‘kis rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish, tarbiyachi-pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirishga doir o‘quv reja va dasturlarni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini bunyod etish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga qulay hamda zamonaviy shart-sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qarorda ta’lim-tarbiya tizimiga muqobil dasturlarni joriy etish nazarda tutilgan. Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasida bu amaliyot joriy etilgan bo‘lib, ota-onalar, tarbiyachilar ulardan birini tanlash huquqiga ega. Maxsus va ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan mazkur dasturlarni 2017-yilda ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilish belgilangan. Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, ularning intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, yozish va o‘qishni yanada jadal o‘rganishiga xizmat qiladi.

Bu natijaga erishish uchun 2017-2021-yillarda 2200 maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq joylarda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, ularni zamonaviy talabga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash kabi bir qator vazifalar belgilangan.

Bugungi globallashuv jarayoni farzandlarimizning ma’naviy olamini asrab-avaylashni, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ongu-shuurini bolalikdanoq turli yot g‘oyalardan himoyalashni taqozo etmoqda. Bu jihatlarni e’tiborga olgan holda hozirgi kunda maktabgacha ta’lim maskanlarining o‘rta, katta va tayyorlov guruhlaridagi tarbiyaviy jarayon mazmunli mashg‘ulotlar asosida tashkil etilmoqda. Bu yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy an’analarimizga hurmat tuyg‘usini kuchaytiradi.

Qiziqarli mashg‘ulotlar bilan birga musiqa, tasviriy san’at, raqs, sport, ekologiyaga oid turli to‘garaklar kichkintoylar tafakkur doirasining kengayishi, ilk bilimlarining shakllanishi, mustahkamlanishi va boyishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qarorga muvofiq bu boradagi ishlar ham yanada takomillashtiriladi.

Qarorda bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 qisqa muddatli guruh tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan 3-6 yoshli bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlash, qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizga kamaytirish belgilangani ham quvonarlidir. Bu kabi chora-tadbirlarning to‘laqonli amalga oshirilishi mamlakatimizda bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirish imkonini beradi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi ota-onalar qatori soha xodimlarini ham g‘oyat xursand qildi. Shu bilan birga, zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Farzandlarimizga maktabgacha yoshida keng qamrovli ta’lim-tarbiya berishimiz, tasavvurini kengaytirishimiz, qisqa qilib aytganda, komil insonni voyaga yetkazish yo‘lida mustahkam poydevor yaratishimiz juda muhimdir.

Zero, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”.

Maqsudjon Yo‘ldoshev,
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish
bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barkamol avlod tarbiyasi – dolzarb vazifa