O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” kunida professor-o‘qituvchilar, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishni tashkil etish, qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan ularning xabardorligini oshirishga qaratilgan 2016-2017-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash hamda yuridik ta’lim muassasalari talabalarini IIV Akademiyasi va ichki ishlar organlari faoliyatidagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O‘.Muhamedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning jahon andozalari darajasida bilim olishi, qiziqqan sohalari bo‘yicha kasb-hunar egallashi, ijodiy-intellektual salohiyatini namoyon etishi, chet tillarni puxta o‘zlashtirishiga e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi huquqni muhofaza qilish organlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlovchi nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizning bu sohadagi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ta’lim maskani zamonaviy o‘quv-moddiy bazaga va katta ilmiy salohiyatga ega.

Tadbir davomida Akademiyada o‘qish va ishga qabul qilish shartlari, ta’lim yo‘nalishlari, serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslarida malakali serjant kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademiyada “Ochiq eshiklar” kuni