Prezidentimizning joriy yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida ham abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmoqda.

Bu yilgi qabul jarayonlari davlatimiz rahbarining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari oshirildi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali bakalavriatiga ham 2017-2018 o‘quv yili uchun 385 o‘rin ajratildi. Bu o‘tgan yilgidan 70 o‘ringa ko‘pdir. Ulardan 82 nafari davlat granti, 303 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Bu yil yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari singari mazkur muassasada ham mavjud imkoniyat va ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

– 2005-yilda tashkil etilgan filialda bugungi kunda 2 fakultet, 8 kafedra mavjud, – deydi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qabul komissiyasi mas’ul kotibi o‘rinbosari Farrux Usmonov. – 1200 ga yaqin talabaga 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi saboq bermoqda. O‘tgan davr mobaynida filialni 1928 yosh mutaxassis bitirib, ayni paytda mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yil ham ana shunday istaqdagi yoshlar muassasamizda mavjud axborot xavfsizligi, komputer injiniringi, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga hujjat topshirmoqda.

Ushbu jarayonning tez va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida qabul komissiyasi faoliyat ko‘rsatayotgan binoda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha sharoit yaratildi. Ta’lim yo‘nalishlariga oid ma’lumotlar oynasi, qabul komissiyasi faoliyati, filial hayoti haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmali vositalar o‘rnatildi. Savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, tibbiyot xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Boshqa viloyatlar va Samarqandning olis tumanlaridan kelib hujjat topshiradigan yoshlar talabalar turar joyidan foydalanishi mumkin. Onlayn ariza topshirish tizimi ham joriy etilgan bo‘lib, yurtimizning turli hududlarida yashovchi yigit-qizlar bu imkoniyatdan samarali foydalanmoqda.

Abituriyentlarning test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ushbu jarayon bilan bog‘liq bilim-ko‘nikmasini oshirish maqsadida mashg‘ulotlar, konsultatsiyalar o‘tkazish jadvallari ishlab chiqilgan.

– Zafarobod maishiy xizmat kasb-hunar kollejini radiotexnik mutaxassisligi bo‘yicha bitirdim, – deydi jizzaxlik Azamat Azimov. – Endi TATU Samarqand filialining komputer injiniringi yo‘nalishida o‘qimoqchiman. Ertalab kelgandim, qisqa vaqtda hujjatlarimni topshirdim. Konsultatsiyalarga qatnashib, test sinovlariga yana ham puxta tayyorgarlik ko‘raman.

Filial qabul komissiyasi abituriyentlardan hujjat qabul qilish bilan birga, test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Avvalgi yillar tahlili va tajribasidan kelib chiqib, auditoriyalar tanlanib, ularda zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TATU Samarqand filialiga o‘tgan yilgidan 70 nafar ko‘p talaba qabul qilinadi