O‘zA O`zbek

Ob-havo ma’lumoti

16.06.10 16:38

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 12-17 metrga yetadi. Kechasi 18-20, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.

Ma’naviy targ‘ibot: izchillik va samaradorlik sari

16.06.10 16:24

Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlikning oldini olish, yosh avlod ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini chuqur singdirish, ularda milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat hissini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Iqtidorli yoshlar tanlovi

16.06.10 15:53

Sirdaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Kelajak ovozi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yosh jurnalistlar mahoratini oshirdi

16.06.10 15:51

Prezidentimiz Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining shu yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish, nodavlat nashrlar, radio, televideniye faoliyatini jonlantirish, milliy matbuotimizning sifati va ta’sirchanligini oshirish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, soha xodimlarining mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilanadi

16.06.10 15:48

Servis va xizmat ko‘rsatish hajmining kengayishi aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bilan birga bandlikni ta’minlash, farovonlikni oshirishga xizmat qiladi. Keyingi yillarda shaharu qishloqlarda xizmat ko‘rsatish izchil rivojlanmoqda, aholi uchun qulay sharoit yaratilayotir. Farg‘ona viloyatida ham mazkur yo‘nalishda muayayn ishlar olib borilayotir.

Obodlik va farovonlik namoyishi

16.06.10 13:28

Bugun bozorga kirgan kishi rastalardagi turfa noz-ne’matlarni ko‘rib, ona yurtimiz saxovati va dehqon mehnatiga tahsin aytadi. Serquyosh zaminimiz hosili – sarxil mevalar aholi dasturxoniga baraka, salomatligiga quvvat bag‘ishlayotir. Bozorlarimiz to‘kinligi yurtimiz obodligi va xalqimiz hayoti farovonligining ko‘zgusidir.

Yosh arxeologlar faoliyatiga e’tibor

16.06.10 12:47

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida arxeologiya sohasida izlanish olib borayotgan yosh olimlarning ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Maqsad - el farovonligiga xizmat qilish

16.06.10 12:15

Mamlakatimizda bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish darajasini yuksaltirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 26 aprelda qabul qilingan “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Iste’dodli yoshlar tanlovi

16.06.10 11:38

Samarqandda “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, mamlakat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

16.06.10 11:34

Surxondaryo viloyati ta’lim muassasalari, yozgi oromgohlari va mahallalarida Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi

15.06.10 22:21

So‘nggi kunlarda Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida bosqinchi to‘dalar tomonidan sodir etilgan xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlik, qirg‘in, o‘t qo‘yish kabi qabih ishlar har qanday kishining qahr-g‘azabini qo‘zg‘aydi. Bunday vaziyatda loqayd bo‘lish, befarq qarab turish aslo mumkin emas. Bu ofatdan jabr ko‘rgan Qirg‘izistonning fuqarosi bo‘lgan o‘zbek millatiga mansub minglab kishilar O‘zbekistondan yordam so‘rab keldi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish samaralari

15.06.10 22:21

Toshkentda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjaning birinchi bosqichi davom etmoqda. Unda mamlakatimiz sanoatining yetakchi tarmoqlari va kichik biznes korxonalari o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish sektorlari bo‘yicha namoyish etmoqda.

Hamkorlik ko‘lami kengayadi

15.06.10 22:21

Mamlakatimizda xorijiy tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilgan qulay shart-sharoit hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston va Janubiy Koreya tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalar yil sayin kengaymoqda. Koreya Respublikasi bilim va iqtisodiyot vaziri Choy Kyong Xvan boshchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillarining O‘zbekistonga tashrifi buning yaqqol dalilidir.

Izlanuvchan yoshlar tanlovi

15.06.10 21:25

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida o‘tkazilayotgan “Kelajak ovozi-2010” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.

Ob-havo ma’lumoti

15.06.10 21:11

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 12-17 metrga yetadi. Kechasi 18-20, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.

Fuqarolik protsessual qonunchiligi ijrosiga bag‘ishlandi

15.06.10 21:11

Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida qonunlarni takomillashtirish, ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydigan protsessual mexanizmlarni mustahkamlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Doni dasturxonga, poyasi chorvaga

15.06.10 19:44

Shu kunlarda mamlakatimiz g‘allakorlarining butun diqqat-e’tibori yetishtirilgan hosilni nest-nobut qilmay o‘rib-yig‘ib olishga qaratilgan.

Banklarning ishlab chiqarish korxonalari

15.06.10 19:39

Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Afro‘z marmar” yopiq turdagi hissadorlik jamiyati bankrotga uchrab, “Ipoteka-bank”ning viloyat filialidan texnologik uskunalar xarid qilish maqsadida olingan kredit mablag‘larini qaytara olmadi.

Tennischilarimiz muvaffaqiyati

15.06.10 18:25

O‘zbekistonlik Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Istburn shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan dunyoning eng kuchli raketka ustalari ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirini muvaffaqiyatli boshladi.