Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda

23.04.18 14:40

Ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida ishlar tartibli yo‘lga qo‘yilganmi? Qayta olib borilgan jurnalistik surishtiruv natijasi qanday?

San’at rivoji yo‘lidagi hamkorlik

23.04.18 14:31

San’at rivoji yo‘lidagi hamkorlik

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida ijodiy tashkilotlarning “Do‘stlar klubi” vakillari ishtirokida “So‘z, ohang va tasvir” mavzuida ijodiy-musiqiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim sohasida anjuman

23.04.18 14:29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazida “Uzluksiz ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish: innovatsiyalar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

24-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23.04.18 12:53

24-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi.

Milliy qadriyatlarimiz va yoshlar

23.04.18 12:44

Milliy qadriyatlarimiz va yoshlar

Buxoroda milliy an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “Milliy qadriyatlar” festivali o‘tkazildi.

Ustamon firibgar ayol va uning domiga tushgan jabrdiydalar

23.04.18 12:42

Nozila (ism-shariflar o‘zgartirilgan) desa, uni ba’zilar istagan narsangizni hoziru nozil qiladigan ayol, deb bilishgan. Bir qarashda gapga chechanligi, ishonchga tez kira olishi va qo‘lidan barcha ish kelishiga inontirish san’ati bilan odamlarda ana shunday tasavvur uyg‘otgan edi. Endi esa ular bu ayolni uchiga chiqqan firibgar oldida chuv tushganini anglab turibdi.

Ustamon firibgar ayol va uning domiga tushgan jabrdiydalar

23.04.18 12:42

Nozila (ism-shariflar o‘zgartirilgan) desa, uni ba’zilar istagan narsangizni hoziru nozil qiladigan ayol, deb bilishgan. Bir qarashda gapga chechanligi, ishonchga tez kira olishi va qo‘lidan barcha ish kelishiga inontirish san’ati bilan odamlarda ana shunday tasavvur uyg‘otgan edi. Endi esa ular bu ayolni uchiga chiqqan firibgar oldida chuv tushganini anglab turibdi.

Yerga, mulkka bo‘lgan munosabat shu bo‘ldimi?

23.04.18 12:37

Yerga, mulkka bo‘lgan munosabat shu bo‘ldimi?

Mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Qo‘qon shahar “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida noxush manzaraga duch keldi. 92-uyda joylashgan “Qo‘shma mexanizatsiyalashgan kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyati xoraba ahvolga tushib qolgan.

Ilhom, ijod, go‘zallik chorrahasida

23.04.18 12:02

Ilhom, ijod, go‘zallik chorrahasida

Ilhom va ijod, hayrat va havas, zavq va jo‘shqinlik, bilim va iste’dod, san’atga bo‘lgan mehr va ehtirom, go‘zallik va nafosatning bari bunda mujassam. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga Faol tadbikorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan Tasviriy va amaliy san’at festivalida ayni jihatlarga yana bir karra guvoh bo‘lish mumkin.

18 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi

23.04.18 10:27

18 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “Oltish” mahalla fuqarolar yig‘inida har biri 2 sotixdan iborat 3 xonali 18 uy-joy foydalanishga topshirildi.

Turkmaniston Prezidenti Toshkentga yetib keldi

23.04.18 10:19

Turkmaniston Prezidenti Toshkentga yetib keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Birikmagan birikuvlar nazorati

23.04.18 10:11

Bolaligimda, negadir oila a’zolarimning yoki uyimizga kelgan mehmonlarning «quloqlarini alishtirib, o‘rniga yangi quloq» qo‘yardim. So‘ng sekin «tibbiy asbob-uskunalar» solingan sumkachamni olib, boshqa birining qon bosimini, yurak urishini tekshirib ko‘rardim. Hatto ba’zilariga shprisga o‘xshash cho‘pcha bilan ukol qilar, ushshoqdekkina paxtani ishqalab, mana bo‘ldi-bo‘ldi, deya tinchlantirardim...