Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O‘zbekiston fotoyilnomasi: Samarqand-Toshkent” mavzuida fotoko‘rgazma

21.08.07 14:10

Ko‘rgazmada jahonga dong‘i ketgan shaharlarimizning tarixi, bugungi kuni, istiqboli, mehmondo‘st va bag‘rikeng odamlari, go‘zal an’ana va udumlari, betakror me’moriy obidalarini aks ettiruvchi yuzdan ziyod fotosurat namoyish etilmoqda. Aksariyat ijodiy ishlarning mualliflari K.Otayev, R.Shamsiddinov, T.Ali, F.Qurbonboyev, V.An kabi taniqli fotoustalaridir.

Davlat konservatoriya talabalari xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

21.08.07 14:09

Bugungi kunda mamlakatimiz musiqa san’ati sohasida erishilgan yutuqlarda konservatoriyaning ham hissasi bor. Mazkur ta’lim maskanida tahsil olgan o‘nlab san’atkorlarning jahon sahnalarini zabt etayotgani, yosh ijrochilarimizning nufuzli xalqaro tanlovlarda g‘olib chiqib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratayotgani, yurtimizda o‘tkazilayotgan turli musiqa festivallariga ko‘plab xorijiy mamlakatlarda ham qiziqish ortib borayotgani buning dalilidir.

Meva-sabzavotni qayta ishlovchi yuzga yaqin qo‘shma korxona tashkil etildi

21.08.07 13:23

Yurtimizda ayni pishiqchilik. Bozorlar rastalaridagi meva-cheva va poliz mahsulotlarini ko‘rib, ko‘z quvonadi. Bunda Prezidentimizning 2006 yil 11 yanvarda qabul qilingan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lmoqda. Prezidentimizning qishloq xo‘jaligini izchil isloh qilishga qaratilgan farmon va qarorlari samarasi tufayli bugun sohada ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.

500 nafardan ziyod nogironlarga sovg‘alar topshirildi

21.08.07 11:22

Qibray tumanidagi “Do‘rmon” bog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirga Toshkent viloyatida istiqomat qilayotgan 500 nafardan ziyod nogironlar, qarovga muhtoj qariyalar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari taklif etilib, ularga homiylar tomonidan nogironlar aravachalari, eshitish moslamalari, televizor, kompyuter singari qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

20.08.07 19:31

Vazirlar Mahkamasining 10 avgustdagi qarori asosida avgust oyi obodonlashtirish va ozodalik oyligi deb e’lon qilinib, oylik doirasida 18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. “Mahalla” xayriya jamg‘armasi huzurida faoliyat yuritgan respublika ishchi guruhidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, umumxalq xayriya hasharida qariyb o‘n olti million nafar yurtdoshimiz ishtirok etdi.

Kuzgi don ekishga bag‘ishlandi

20.08.07 18:59

Chimboy tumani dehqonlari kuzgi g‘alla ekishga kirishdi. Shu munosabat bilan tumanning “Qizilo‘zak” fermer xo‘jaliklari birlashmasi dalasida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminar-kengashda Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Chimboy, Kegeyli va Nukus tumanlari hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan mutaxassislar, fermerlar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning rahbarlari ishtirok etdi.

Marg‘ilon shahrining 2000 yilligiga bag‘ishlab kitoblar nashr etilmoqda

20.08.07 18:04

Farg‘ona viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Marg‘ilon shahrining 2000 yilligiga bag‘ishlab ko‘plab kitoblar nashr etilmoqda. Ularda Marg‘ilonning uzoq o‘tmishi, bu yerdan yetishib chiqqan ilm-fan, adabiyot hamda san’at namoyandalarining hayoti va faoliyati, milliy hunarmandchiligimiz an’analari, ko‘hna shaharning bugungi qiyofasi o‘z aksini topgan.

Futbol: peshqadamlar g‘alabasi

20.08.07 18:03

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XVI milliy chempionatining birinchi ligasida o‘tkazilgan yigirma uchinchi tur uchrashuvlari sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan yetakchi jamoalarga omadli keldi.

Sifatli va arzon mahsulotlar

20.08.07 18:02

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida tadbirkorlar, kichik biznes subyektlari soni ortib bormoqda. “So‘xnon” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman aholisini sifatli non mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlarga talab tobora ortib boryapti.

Vlada Yekshibarova keyingi bosqichda

20.08.07 17:14

Moskvada Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan raketka ustalari qatorida hamyurtimiz Vlada Yekshibarova ham g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Surxondaryoda iqtisodiy nochor davlat korxonalarini xususiylashtirish ishlari

20.08.07 17:08

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 26 avgustda qabul qilingan “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Isroil parlament delegatsiyasining tashrifi

20.08.07 17:03

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Isroil Davlati Knesseti (parlamenti) Spikerining o‘rinbosari Amnon Koen rahbarligidagi delegatsiya 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Erkin Xalilov bilan uchrashdi.

Samarqand viloyati tadbirkorlari forumi tashkil etildi

20.08.07 17:02

Forumda viloyat sanoati va xizmat ko‘rsatish sohasining yutuq va kamchiliklari atroflicha tahlil etildi. Xorijiy investorlarni jalb etish, mahsulot eksport qilish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Fermerlar uchun imtiyozli kreditlar

20.08.07 16:52

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi agrar tarmoqda ham izchil islohotlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ekin maydonlarining fermerlar ixtiyoriga berilishi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash hamda qishloq aholisining ish bilan bandlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Botirlari bor el qaram bo‘lmaydi

20.08.07 16:51

Mustaqillik o‘zgalarga qaram bo‘lmay, erkin, osuda yashash imkonini berdi. Aslida bir burda nonni xotirjam yeb, xotirjam tong ottirish, o‘z xonadoning, qishlog‘ing, Vataning to‘kinligi uchun mehnat qilib, ertangi kunga umid, ishonch bilan boqishning o‘zi – baxt. Lekin bu baxtimizga hamma ham xayrixohlik bilan qaramaydi.