Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ilg‘or yoshlar ovozi

22.08.07 17:20

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan an’anaviy “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyat bosqichi yakunlandi.

Qishloqda yangi kollej

22.08.07 17:17

Mustaqillik bayrami arafasida Jizzax viloyatida sakkizta yangi kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirildi. Zamonaviy uslubda bunyod etilgan, barcha qulayliklarga ega ushbu ta’lim maskanlari Baxmal, Forish, Zomin, Zafarobod, Jizzax, Zarbdor, Do‘stlik tumanlarida qad rostladi.

“Eng ulug‘ va eng aziz” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

22.08.07 16:16

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Vatanimiz Mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmalari, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Eng ulug‘ va eng aziz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruvchi ishli bo‘ldi

22.08.07 15:55

Mamlakatimizda aholini, ayniqsa, ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda, jumladan, Toshkent viloyatining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga qarashli Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalari bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yosh futbolchilar bellashdi

22.08.07 15:46

Jizzax shahrida 13-14 yoshli o‘smirlardan iborat mahalla jamoalari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi” respublika birinchiligi yakunlandi.

Ijodkorlar Jizzaxda

22.08.07 15:45

Jizzax viloyatida mamlakatimiz mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan “Bu bayram barchamizniki, butun xalqimizniki!” mavzuidagi tadbirlar davom etmoqda. O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov, Sa’dulla Hakim, Azim Suyun, Sirojiddin Sayyid kabi ijodkorlar, taniqli fan va san’at arboblari ishtirokida Zomin, Forish, G‘allaorol tumanlarida o‘tgan uchrashuvlar jamoatchilikda katta taassurot qoldirdi.

Xotin-qizlar va bolalar manfaatlarini himoya qilish – kelajagimiz haqida g‘amxo‘rlikdir

22.08.07 11:27

Taraqqiyotga intilayotgan har bir davlat, har bir millat uchun eng katta boylik – bu bolalardir. O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgach, bolalarning sog‘lom tug‘ilib voyaga yetishi, barkamol rivojlanishi, zamonaviy bilim olishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezident Islom Karimov onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor qaratmoqda. Ushbu xayrli ishga davlat va ko‘plab jamoat tuzilmalari jalb qilingani ham shundan dalolat beradi.

Bekobod shahrida professional boks kechasi

22.08.07 9:01

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida qit’alararo chempionlik va reyting janglari o‘tkazildi. Unda hamyurtlarimizdan tashqari, Rossiya, Qirg‘iziston, Keniya va Gruziyadan kelgan charm qo‘lqop ustalari ringga chiqdi.

Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening

21.08.07 21:57

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yosh avlodga jahon andozalari darajasida ta’lim berish, yigit-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, iste’dodli, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotir.

Elektron raqamli imzoni qo‘llash kengaymoqda

21.08.07 21:55

Bugun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot almashishning elektron uslubiga o‘tish jarayoni jadallashmoqda. Elektron hujjat almashish xizmatlariga davlat boshqaruvi, tijorat faoliyati, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va boshqa turli sohalarda talab ortib borayotir.

Samarqand nonining sehri

21.08.07 21:52

Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligi, «Mahalla» jamg‘armasi hamda Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limlari hamkorligida «Samarqand nonlari» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Samarqand faqat o‘zbek xalqining emas, balki butun dunyoning faxru iftixoridir

21.08.07 21:51

Jahon sivilizatsiyasi tarixida alohida o‘rin tutadigan Toshkent, Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimiz minglab sayyohlarni ohangrabodek o‘ziga tortmoqda. Ulardagi osori-atiqalar, tarixiy obidalar sayyohlarda katta qiziqish va hayrat uyg‘otayotir. O‘zining 2750 yillik to‘yini nishonlayotgan Samarqandni bir bor ko‘rishni orzu qilmaydigan odam bo‘lmasa kerak.

Mamlakatimiz mustaqilligi bizga keng imkoniyatlarni ochib berdi

21.08.07 21:48

Vaqt oqar suvdek tez o‘tmoqda. Hayotimning ortda qolgan lahzalariga qarab, umrimni behuda o‘tkazmaganimga ishonch hosil qilaman. Yoshim yetmishga yaqinlashib qoldi. O‘zbekistondek mamlakatda yashayotganim, ona yurtimning ravnaqiga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shayotganimdan mamnunman.