O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-5024-sonli Farmoniga muvofiq hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarini yaratish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining samarali faoliyatini tashkil etish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

qattiq maishiy chiqindilarning to‘planishi, ularni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish ishlarining kompleks sxemasi 3-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga doir tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;

“Toza hudud” davlat unitar korxonalariga tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining bepul topshirilayotgan mulk ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;

respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni qattiq maishiy chiqindilarni elash bo‘yicha elektromexanika uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash prognoz parametrlari 6-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillarda “Toza hudud” DUKni maxsus texnika va uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash prognoz parametrlari 6 "a"-ilovaga muvofiq;

2017-yilda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash bo‘yicha manzilli dastur 7-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillarda shaharlarda sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatayotgan poligonlari va “Toza hudud” DUKni jihozlash bo‘yicha manzilli dastur 8-ilovaga muvofiq;

2018-yilda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini yaratish bo‘yicha manzilli dastur 9-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish prognoz parametrlari 10-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz parametrlari 11-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilgan holda shaharlarda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Toshkent shahrida chiqindilarni olib chiqish, chiqindi yig‘ish punktlari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish «Maxsustrans» davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika komissiyasi) 13-ilovaga muvofiq tashkil qilinsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etgan holda rivojlantirish, ularning faoliyatini rag‘batlantirish yo‘li orqali chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi to‘liq sikl qamrab olinishini ta’minlash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek, mahalliy davlat boshqaruvi organlari miqyosida mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlarini amalga oshirish jarayonini har chorakda ko‘rib chiqish.

Respublika komissiyasiga, zarurat tug‘ilganda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlarining yig‘ma va manzilli parametrlariga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.

4. Respublika komissiyasi bir oy muddatda:

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni;

mazkur qarorning 5-12-ilovalariga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritalari»ni tasdiqlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:

manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror balan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlasin va har chorakda Respublika komissiyasiga tegishli axborotni kiritib borsin;

ikki oy muddatda «Toza hudud» DUK ustavlarini tasdiqlasin va shtatlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin, shuningdek, zarur moddiy-texnika bazasi bilan jihozlanishini ta’minlasin;

ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda «Toza hudud» DUKning maxsus texnikalari uchun yoqilg‘i-moylash fondlari va limitlarini ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

ikki oy muddatda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmati bo‘yicha abonentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisoblangan xatlovdan o‘tkazsin, marshrutlar jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etsin;

tadbirkorlik subyektlarining chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishni nazarda tutsin;

ta’lim muassasalarida, fuqarolar yig‘inlarida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunbuzarliklar profilaktikasiga oid seminarlar, anjumanlar, davra suhbatlarini doimiy ravishda o‘tkazib borsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari, istiqbol ko‘rsatkichlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.

7. «O‘zavtosanoat» AK va «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ «Toza hudud» DUK ehtiyojlari uchun mazkur qarorning 6 "a"-ilovasida nazarda tutilgan maxsus texnika (chiqindi tashuvchi va assenizatsion mashinalar va traktorlar) ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishini o‘rnatilgan tartibda ta’minlasin.

8. «Qurilishmashlizing» ixtisoslashgan respublika lizing kompaniyasi» AJga mazkur qarorning 6 "a"-ilovasida nazarda tutilgan maxsus texnika, mexanizm va uskunalarni ixtisoslashgan sanitariya tozalash tashkilotlarining maxsus texnika va uskunalar parkini yangilash uchun lizing asosida yetkazib berish yuklatilsin.

9. Tijorat banklariga respublika shaharlaridagi ixtisoslashgan sanitariya tozalash tashkilotlarining ushbu qarorning 8 va 10-ilovalarida nazarda tutilgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini barpo etish va maxsus texnika hamda uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash uchun imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hisob-kitoblari asosida maishiy chiqindilarning uzluksiz olib chiqilishini ta’minlash maqsadida har yili maxsus texnika uchun zarur dizel yoqilg‘isi limitini ajratib borsin.

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:

bir oy muddatda tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi uchastkalariga biriktirilgan maxsus avtotransport vositalari va uskunalarini, chiqindi yig‘ish punktlari va konteynerlarini o‘rnatilgan tartibda «Toza hudud» DUKga bepul o‘tkazib berilishini tashkil etsin;

bir oy muddatda «Toza hudud» DUK avtotransport vositalarini saqlash uchun garajlar, maishiy chiqindilarni vaqtinchalik saqlash shoxobchalari va yangi poligonlar qurilishi uchun o‘rnatilgan tartibda yer ajratib berish ishlarini amalga oshirsin;

tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi uchastkalari mol-mulki «Toza hudud» DUKga to‘liq o‘tkazib berilgunga qadar yuridik va jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha to‘liq va uzluksiz xizmat ko‘rsatilishi ta’minlansin;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda «Toza hudud» DUKga va uning tuman (shahar)lardagi filiallariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun joylashgan hududidan binolar va xonalarni bepul foydalanish huquqi bilan taqdim etsin.

12. Belgilab qo‘yilsinki:

«Toza hudud» DUK huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, xodimlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha tumanlar hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining qayta tashkil etish davrida mavjud bo‘lgan maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi uchastkalarining huquqiy vorisi hisoblanadi;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblashda «Toza hudud» DUKning soliqqa tortiladigan foydasi ushbu qarorning 6 "a", 8, 10-ilovalariga muvofiq manzilli dasturlarda nazarda tutilgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini, chiqindilarni to‘plash shoxobchalarini qurish va barpo etish bilan bog‘liq xarajatlarga kamaytiriladi;

tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi uchastkalaridan «Toza hudud» DUKga bepul o‘tkazib berilgan mol-mulklar qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, shuningdek, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti bo‘lib hisoblanmaydi.

13. 2022-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga:

shaharlarda sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, «Toza hudud» DUK va «Qurilishmashlizing» ixtisoslashgan respublika lizing kompaniyasi» AJ ushbu qarorning 5, 6 va 6 "a"-ilovalariga muvofiq o‘tkazib berilayotgan hamda xarid qilinayotgan maxsus avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatga olinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l fondiga yig‘imlardan;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan va mazkur qaror bilan tasdiqlangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish texnologik jarayonida ishlatiladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib kirilgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod etilsin.

14. Qonunchilikda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun joriy etilgan mol-mulk solig‘i to‘lovidan ozod etish imtiyozi «Toza hudud» DUK va «Maxsustrans» DUKga nisbatan tatbiq etilsin.

15. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin. Bunda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha teleko‘rsatuvlarda ijtimoiy reklama ma’lumotlarini faol joylashtirish ko‘zda tutilsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 21-aprel

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 21-apreldagi “2017-2021-yillarda 
maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish 
tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 2916-sonli qaroriga

SHARH

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi punktlarining sanitariya jihatdan tozaligini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 315-sonli qarorini amalga oshirish doirasida 2014-2016-yillarda shaharlarimizda qo‘shimcha ravishda shu yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan 41 ta tashkilot hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalarida maishiy chiqindilardan tozalash bo‘yicha 157 ta xo‘jalik hisobidagi uchastka tashkil etildi.

2014-2016-yillarda sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus texnikalar bilan ta’minlash dasturlari amalga oshirildi. Ana shu dasturlar doirasida 1427 ta texnika vositasi xarid qilingan bo‘lsa, ularning 990 tasi maishiy chiqindilarni tashib ketadigan avtotransportlardir.

Respublikamiz shahar va tuman markazlaridagi turar joy mavzelarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida 14 mingdan ortiq chiqindi to‘plash punkti tashkil etildi va 10 mingdan ziyod konteyner o‘rnatildi.

Kompleks tadbirlar va dasturlarni amalga oshirishga davlat byudjetidan 343,1 milliard so‘m yo‘naltirildi va tijorat banklarining 20 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlari jalb etildi.

Iste’molchilarga sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha normativ-huquqiy baza takomillashtirildi. Hukumat qarorlari asosida maishiy chiqindilarni to‘plash va tashib ketish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan uchastka xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom va boshqa bir qator normativ hujjatlar tasdiqlandi.

Shu bilan birga, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishni tashkil etish va ulardan foydalanish sohasida xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish borasida hali hal etilmagan qator muammolar mavjudligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish ishlarini tashkil etish masalasi, avvalo, bunday chiqindilarni to‘plash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bo‘yicha aniq va amaliy tizimni yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Hozirgi vaqtda chiqindilar to‘planadigan mavjud poligonlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga to‘liq javob bermaydi. Aksariyat joylarda chiqindilar tartibsiz ravishda to‘planadigan punktlar hamon saqlanib qolmoqda va ular tutash hududlarning sanitariya-epidemiologiya holatini yomonlashtirib, yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishiga sharoit yaratmoqda.

Bu boradagi eng muhim vazifa va muammolar inobatga olingan holda qabul qilingan Prezident qarori mamlakatimiz tuman va shaharlarining sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash, 2017-2021-yillarda chiqindi bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirishni yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Jumladan, mazkur qaror bilan quyidagi dastur va loyihalar tasdiqlanmoqda:

2017-2021-yillarda chiqindilarni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish tadbirlari;

2017-yilda mamlakatimiz shaharlaridagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga 237 ta maxsus texnika xarid qilish, 94 ta garaj qurish, qattiq maishiy chiqindilar uchun 168 ta elak qurilmalari o‘rnatish reja ko‘rsatkichlari;

Toshkent, Samarqand, Andijon va Namangan shaharlarida yirik loyihalarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan, 2017-2021-yillarda xalqaro moliya tashkilotlarining 161 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘larini jalb etgan holda shaharlarda chiqindilarni to‘plash, tashib ketish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari ro‘yxati;

114 ming pogon metr to‘siq, 152 ta sanitariya uzeli, 158 ta maishiy xona, 163 ta avtomobillarni yuvish joyi, 269 kilometr elektr ta’minoti tarmoqlari, 166 ta texnik suv ta’minoti qudug‘i hamda 240 kilometr asfaltlangan kirish yo‘llarini qurish orqali qattiq maishiy chiqindilar to‘planadigan 168 ta poligonni obodonlashtirish manzilli dasturi;

2017-2018-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan texnologiyalarni joriy etish prognoz ko‘rsatkichlari, jumladan, kelgusi ikki yilda Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini qurish ko‘zda tutilib, mazkur loyihalarga 27 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

Ana shu kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali aholining keng qatlamlari uchun yanada qulay ijtimoiy sharoitlar yaratiladi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va mazkur dasturlar amalga oshirilishini nazorat qilish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Respublika komissiyasi tashkil etildi.

2017-2021-yillarga mo‘ljallangan dasturni moliyalashtirish uchun 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mazkur qarorning amalga oshirilishi tufayli quyidagi muhim natijalarga erishiladi:

Birinchidan, aholiga qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va poligonlarda utilizatsiya qilish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yaxlit tizim tashkil etish ishlari nihoyasiga yetkaziladi.

Ikkinchidan, sanitariya jihatidan tozalash ishlariga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalari filiallari maxsus texnikalar (chiqindi tashish va assenizatsiya mashinalari) hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun elektromexanik elak qurilmalar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Uchinchidan, qattiq maishiy chiqindilarni organik o‘g‘itlarga aylantirish uchun birlamchi qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga erishiladi.

To‘rtinchidan, aholini qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 2021-yilgacha mamlakatimiz bo‘yicha 63 foizdan 93 foizga o‘sadi.

Muxtasar aytganda, “2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi yurtimizda ekologiya va sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar va qishloqlarimizning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishi yo‘lidagi ulkan amaliy qadamdir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida