O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatimizning mustaqil rivojlanishi davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat obyekti, shu jumladan, 6,5 mingta yirik va o‘rta korxona xususiy mulk qilib sotildi. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81 foizidan ko‘prog‘i, sanoat ishlab chiqarishining 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to‘g‘ri kelmoqda.

Ammo shu bilan birga tanqidiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bir qator korxonalarni xususiylashtirish kutilgan natijalarni bermadi.

Xususan, respublika mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlarining borishi bilan tanishish natijalari xususiylashtirilgan korxonalarning mulkdorlari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani va korxonalarni uzoq muddatli rivojlantirish bilan shug‘ullanmayotgani, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlarni tiklamayotganligi va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etmayotganligini ko‘rsatmoqda. Mazkur holatlar Toshkent shahrida avval xususiylashtirilgan “Rele va avtomatika”, “Algoritm” zavodlari, Samarqand shahridagi “Qizil dvigatel” va Liftsozlik zavodlari, G‘ijduvon ip yigiruv fabrikasi, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi parranda fabrikasi, Termiz shahridagi “16-sonli g‘isht zavodi” va boshqa ko‘plab obyektlar misolida ko‘rinib turibdi.

O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabelli va zarar ko‘rayotgan kam quvvatli xo‘jalik subyekti, shu jumladan, mingdan ortiq ishlamayotgan hamda deyarli bo‘sh yotgan obyekt, samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish xonalari aniqlangan.

Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o‘rganish, ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, mavjud muammolarni tahlil etish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko‘mak berish bilan sust shug‘ullanmoqda.

Yuzaga kelgan holat vakolatli organlarning xususiylashtirilgan korxonalarga yondashuvlari, ular bilan ishlash prinsiplari va usullarini tubdan o‘zgartirishni, faoliyat samaradorligini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishlab chiqarishni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatining asoslarini o‘rgatish, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalarini kengaytirishni talab etadi.

Qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishdagi muhim vazifa sifatida xususiy mulkning ustuvor rolini kuchaytirish va xususiylashtirilgan obyektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan.

Xususiylashtirilgan korxonalarning mavjud ulkan iqtisodiy va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportni jadallashtirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hisobiga ular iqtisodiy o‘sishning lokomotivi bo‘lib qolishlari kerak. Xususiylashtirilgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yaqin yillarda respublika mintaqalari va butun mamlakatni rivojlantirishda kuchli omil bo‘lishi darkor.

Bularning barchasi xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni respublika Hukumati va tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining g‘oyat muhim vazifalaridan biri etib qo‘ymoqda.

Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirishni, xususiylashtirilgan korxonalar negizida amalga oshirilayotgan loyihalarni tizimli va manzilli qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, shuningdek, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vakolatli organlar faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida:

1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha Komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etish;

xususiylashtirilgan korxonalarning reyestrini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish, ular faoliyatining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish;

xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

biznes-rejalar ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliya boshqaruvi masalalari va boshqa fanlar bo‘yicha xususiylashtirilgan korxonalar rahbarlari va ishlab chiqarish-texnik xodimlari uchun doimiy faoliyat yuritadigan o‘quv kurslarini tashkil etishga yo‘naltirilgan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va uning hududiy filiallarini barpo etish hamda ular faoliyatini samarali tashkillashtirishni ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining kadrlar salohiyatini mustahkamlash, qo‘mita kadrlarini tizimli ravishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish.

3. Komissiya (A.N.Aripov):

bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rahbarlari, markaziy apparati bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlarining boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, bo‘ysunuvchi tuzilmalarning boshliqlari attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etsin;

attestatsiya natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshira oladigan yuqori malakali, tashabbuskor va vijdonan ishlaydigan rahbar kadrlar bilan ta’minlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari rahbarlarining o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish, xususiylashtirilgan korxonalarni qayta tiklash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan aniq chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari muntazam tinglab turilishini ta’minlasin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 18-aprel

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida