O‘zA O`zbek

30.08.2019 Chop etish versiyasi

Xelena Freyzerni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Xelena Freyzerni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i

Oʻzbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻrtasidagi koʻpqirrali hamkorlikni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, Orolboʻyi mintaqasi uchun koʻp sheriklik asosidagi Trast fondini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash toʻgʻrisidagi respublikamiz tashabbusini xalqaro miqyosda ilgari surishga qoʻshgan salmoqli hissasi, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishlari sharoitida aholi salomatligini asrash, energiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish, davlat boshqaruvi va iqtisodiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Xelena Freyzer “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
         Prezidenti                             Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,
2019-yil 29-avgust

7 681
O'zA