O‘zA O`zbek

30.08.2019 Chop etish versiyasi

Vladimir Lvovich Tyurdenevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Vladimir Lvovich Tyurdenevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni hamda ikki mamlakat hududiy birliklarining oʻzaro munosabatlarini kengaytirish ishlariga qoʻshgan salmoqli hissasi, manfaatli va istiqbolli moliyaviy-texnik va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish borasidagi samarali faoliyati, respublikamiz uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi koʻmagi, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Lvovich Tyurdenev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
   Prezidenti                                        Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,
2019-yil 29-avgust

7 869
O'zA