O‘zA O`zbek

29.08.2018 21:46 Chop etish versiyasi

Van Ilinni “Doʻstlik” ordeni bilanmukofotlash toʻgʻrisida

Van Ilinni “Doʻstlik” ordeni bilanmukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Oʻzbekiston iqtisodiyotining neft va gaz tarmogʻini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi hamkorligi, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “CNPC” kompaniyasi direktorlar Kengashi raisi, “PetroChina” kompaniyasi raisi Van Ilin “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti              Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018 yil 29 avgust

2 344