O‘zA O`zbek

30.08.2019 Chop etish versiyasi

Trent Kellini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Trent Kellini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i

Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, parlamentlararo muloqotni faollashtirish, oʻzbek parlamentchiligining qonun ijodkorligi borasidagi salohiyatini yanada oshirishga qoʻshgan hissasi, AQSH Kongressida “Oʻzbekiston boʻyicha Kokus” – doʻstlik guruhini tashkil etish va barqaror ishlashini taʼminlash, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish yoʻlidagi samarali faoliyati, shuningdek, mamlakatimiz tarixi va madaniyati, soʻnggi yillarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalari toʻgʻrisida jahon jamoatchiligini xabardor etib borayotgani uchun AQSH Kongressi Vakillar palatasi aʼzosi Trent Kelli “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
       Prezidenti                              Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,
2019-yil 29-avgust

7 721
OʻzА