Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Respublika iqtisodiyotining sanoat tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”)ni ijro etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda –Universitet) Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin (keyingi oʻrinlarda – Filial).

2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlash;

nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;

taʼlim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon taʼlimi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;

taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;

taʼlim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

3. Belgilansinki:

Filial Universitetning alohida tarkibiy boʻlinmasi – oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;

Filial, Universitet bilan kelishgan holda, taʼlimning bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olib, barcha darajalardagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;

Filialda oʻqitish rus tilida, Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;

Filialning taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi;

Filialga abituriyentlarni qabul qilish, taʼlim faoliyati va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga oʻqishni bitirganlaridan soʻng Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

a) Universitet quyidagilarni taʼminlashda koʻmaklashadi:

oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;

Filial mutaxassislarining malakasini oshirish va professor-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash;

Filial kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnikaviy adabiyotlar bilan toʻldirish;

b) Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialning akademik hamkori hisoblanadi va u:

Filialning professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirishga koʻmaklashadi;

ilmiy-metodik yordam koʻrsatadi, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun laboratoriya xonalari, oʻquv adabiyotlari hamda uskunalarni begʻaraz asosda taqdim etadi.

5. Quyidagilar:

Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-ilovaga muvofiq;

Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi tarkibi (keyingi oʻrinlarda – Vasiylik kengashi) 2-ilovaga muvofiq;

Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyichaTashkiliy komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

6. Tashkiliy komissiya:

2019-yil 1-avgustga qadar Filialni joylashtirish boʻyicha bino va inshootlardagi zarur taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin, shuningdek, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlasin;

2019-yil 25-avgustga qadar Filialni joylashtirish hamda uni zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kutubxona fondi, kompyuter va boshqa orgtexnika bilan taʼminlansin.

7. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda, Filial Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi;

davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilarirespublika tashkilotlariga besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi;

b) Filial faoliyatini moliyalashtirish:

talabalarni davlat grantlari boʻyicha oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan, biroq Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;

talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;

Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;

xalqaro moliya institutlari grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

8. Filial Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻquv jarayonini Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosida oʻqishlari bitgunga qadar davom ettiradilar.

9. “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining ularning mablagʻlari hisobidan Filialni tashkil etish, uning moddiy-texnika va oʻquv bazasini shakllantirish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan, bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan taʼminlash ishlarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

10. Belgilab qoʻyilsinki, Filialga Universitetdan jalb qilinadigan professor va oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlari oʻquv jarayonining ehtiyojlaridan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

11. Filialga oʻqituvchilik va ilmiy faoliyat olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat berilsin.

12. Belgilansinki, Filial taʼminoti uchun byudjet ajratmalari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar parametrlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaning yillik xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikda:

ikki oy muddatda taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishi va kelishilishi, Filialning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi;

2019-yil 1-avgustga qadar Filialning tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirilishini taʼminlasin.

14. Filialga ikkita yengil avtotransport, jumladan, bitta xizmat va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.

18. 2022-yil 1-iyunga qadar Filial faoliyatini taʼminlash va uni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyot, inventar va moddiy-texnik resurslar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

19. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                                                  Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 7-iyun

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida