O‘zA O`zbek

29.08.2018 20:48:50 Chop etish versiyasi

Tojikiston Respublikasining bir guruhDavlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan vasogʻliqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Qardosh Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, maʼnaviy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va koʻp tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilar ordenlar va faxriy unvonlar bilan mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Qohir Rasulzoda - Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri

Sirojiddin Muhriddin - Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Nizom Qosim -Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi

Tashpulat Gulmurodov - Tojikiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari malakasini oshirish institutining kardiojarrohlik kafedrasi mudiri

“Doʻstlik” ordeni bilan

Ali Muhammadiyev - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar merosi fondining boʻlim mudiri

Iftixor ShirindjonovichDjurayev - Tojikiston Respublikasi Geodeziya va yer boshqaruvi davlat qoʻmitasining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi boshqarma boshligʻi

Raxim Marupov - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining S.Umarov nomidagi fizika va texnika instituti bosh xodimi

Hasan Berdiqulov - Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

Adham Xoliqov - “S.Ayniy nomidagi opera va balet akademik teatri” davlat muassasasi badiiy rahbari

Davlat Xolov - Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Televideniye va radio qoʻmitasining “Falak” davlat ansambli badiiy rahbari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti            Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,
2018 yil 29 avgust