Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda diniy bagʻrikenglik va vijdon erkinligini taʼminlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida birgina 2017-yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon boʻlgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil boʻlgan shaxslar roʻyxatidan chiqarildi. Ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan taʼminlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatildi.

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan, oʻz qilmishining huquqqa xilofligini anglab yetgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bagʻriga, tinch hayotga qaytish imkonini berish maqsadida, shuningdek, insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda:

1. Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

2. 2018-yil 1-noyabrdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar (keyingi oʻrinlarda – taqiqlangan tashkilotlar) tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;

Komissiya tomonidan salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda, ushbu Farmonga muvofiq, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida shaxsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlsa va tuzalish yoʻliga oʻtgan boʻlsa;

jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa xilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan boʻlsa;

taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yoʻli bilan jalb etilgan boʻlsa;

taqiqlangan tashkilotlarning gʻoyaviy yoki maʼnaviy rahnamosi boʻlmagan boʻlsa;

jangovar harakatlarda va qoʻporuvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan boʻlsa;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda oʻquv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan oʻtmagan boʻlsa;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan boʻlsa;

xalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan boʻlsa;

terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar mavjud boʻlgan materiallarni adashib yoki axborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni koʻzlamagan holda saqlagan boʻlsa.

4. Komissiyaga (Murodov O.) quyidagi vakolatlar yuklansin:

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;

murojaat etgan fuqarolarning shaxsini, shu jumladan, ularning sodir etilgan jinoyatlarga daxldorligini har tomonlama tekshirish orqali oʻrganish;

murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan xulosalarni dastlabki tergov organlariga oʻrnatilgan tartibda taqdim etish;

sodir etgan qilmishiga pushaymon boʻlgan va aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilib murojaat etgan fuqarolarga nisbatan taqiqlangan tashkilotlar aʼzolari tomonidan salbiy taʼsir etilishining oldini olish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish uchun vakolatli organlarga topshiriqlar yuborish;

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatilishida, shu jumladan, bandligini taʼminlash borasida koʻmaklashish va monitoringini olib borish;

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslar bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha vakolatli organlar va tashkilotlarga topshiriqlar yuborish.

5. Belgilansinki:

ushbu Farmon fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini boʻyniga olishi toʻgʻrisidagi arizasi xorijda ularning yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi;

ushbu Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan bogʻliq jinoyatni qayta sodir etgan shaxsning takroriy murojaati koʻrib chiqilmaydi;

Komissiya tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir;

Komissiyaning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish va jinoiy javobgarlikdan ozod etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

7. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ushbu Farmon mazmun-mohiyatini, shuningdek, uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muntazam ravishda aholi oʻrtasida keng yoritib borilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 6-sentyabrdagi “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida”gi PF–2712-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018-yil 19-sentyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotva guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida