O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

Qayd etilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorij mamlakatlarining soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‘or yutuqlarini implementatsiya qilish ishlari qoniqarsizligicha qolmoqda.

Bu respublika soliq organlari faoliyatini, jumladan, ularning soliq to‘lovchilar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, soliq qarzlarini o‘z vaqtida va to‘liq undirish, soliq nazoratining zamonaviy shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligidan dalolat beradi.

Soliq ma’muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy usullarini, soliqlarning to‘liq yig‘iluvchanligi va byudjetga o‘z vaqtida tushishi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet siyosatini yanada takomillashtirish, byudjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhlar 2-3-ilovalarga muvofiq tarkibda tuzilsin.

2. Respublika komissiyasi (A.N.Aripov) tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda quyidagilarga:

umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar talablari hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan normalar yaratilishi;

soliq nazoratining xorijda keng qo‘llanilayotgan ilg‘or va sinalgan shakl va usullarini joriy etishni hisobga olgan, jumladan, xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilgan holda soliq ma’muriyatchiligi mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish;

respublika strategik manfaatlari hamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichini hisobga olgan holda, soliq sohasidagi xalqaro-huquqiy normalarni milliy soliq qonunchiligiga implementatsiya qilish, shuningdek, samarali davlat soliq siyosatini amalga oshirish;

soliqqa tortish va soliq ma’muriyatchiligi masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlardan ikki xil talqin qilinishi mumkin bo‘lgan normalarni chiqarib tashlash maqsadida ularni inventarizatsiya qilish;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni ko‘paytirgan holda, soliq qonunchiligini unifikatsiya qilish;

soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq to‘lovchilar huquqlarining himoyasini izchil ta’minlash;

soliqlar yig‘iluvchanligi darajasini oshirish, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliq va yig‘imlarning to‘liq hajmda tushishini ta’minlash, soliqqa tortilishdan bo‘yin tovlash imkoniyatini istisno qilish;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning umumiy soliq yukini pasaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sohasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, resurslardan oqilona va tejamli foydalanishni ta’minlash, samarasiz soliq va yig‘imlarni bekor qilish;

kichik va yirik biznes sub’ektlarining soliq yukini maksimal darajada barobarlashtirishga xizmat qiladigan usullarni joriy etish;

xorij mamlakatlarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda amaldagi soliqqa tortish tizimini tanqidiy o‘rganish asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqish mexanizmini soddalashtirish;

"soliq imtiyozi" va "soliq preferensiyasi" tushunchalarini aniq chegaralash, vaqtincha imtiyoz berish muddatlarini belgilash, shuningdek, samarasiz va eskirgan soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish;

tadbirkorlarga biznesning o‘rta muddatli istiqbolda rivojlanishini asosli ravishda prognoz qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun soliq tizimining barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratsin.

3. Respublika komissiyasi (A.N.Aripov) va ishchi guruhlar yetakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar – ekspertlar, tadbirkorlik tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, jahonning ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi "Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganilishini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoyishiga muvofiq soliq organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganish natijalari asosida:

birinchi bosqichda – 2018-yil 1-aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish;

ikkinchi bosqichda – 2018-yil 1-iyul kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishga xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilishda ko‘maklashsin.

5. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sodiqov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018-yil 13-fevral

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida