O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Qayd etilsinki, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul tibbiy yordam berishni ta’minlaydigan shoshilinch kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi tashkil etildi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, uning hududiy filiallari, shuningdek, markaziy tuman va shahar kasalxonalari huzurida shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, shu jumladan, tez tibbiy yordam va sanitariya aviatsiyasi xizmati tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari va ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar har yili 600 ming nafardan ortiq bemorni shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarida statsionarda davolashni, 1 million nafardan ortiq bemorga ambulatoriyada tibbiy yordam berishni ta’minlash, tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bir yilda 7 milliondan ortiq chaqiriqni bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning samaradorligi hali zamonaviy talablarga javob bermaydi, tez tibbiy yordam xizmatlarining malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiyot uskunasi, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan ta’minlanganligi darajasi yetarli emasligicha qolmoqda. Kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning zamonaviy mexanizmlarini, shuningdek, shoshilinch tibbiyot sohasida mahalliy ilmiy-amaliy ishlanmalarni joriy etishga yetarlicha e’tibor berilmayapti.

Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuchaytirishga, aholiga o‘z vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davolash, ilmiy-metodik va ta’lim ishlarining butun kompleksini eng yuqori darajada tashkil etishga yo‘naltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari etib belgilansin:

mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali kadrlar bilan butlangan shoshilinch tibbiy yordam berishning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirish;

shoshilinch tibbiyot sohasida ilmiy, metodologik va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ushbu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tez tibbiy yordamning respublika xizmatlari faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni va ish uslublarini joriy etish;

shoshilinch tibbiy yordam tizimida aholi orasida o‘lim va nogironlikni pasaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, diagnostika vositalari va usullarini, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamni va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarni davolashni keng qo‘llash;

shoshilinch tibbiyot sohasida profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalarini kuchaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro tezkor hamkorligining samarali mexanizmlarini joriy etish;

shoshilinch tibbiy yordam sohasida tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:

shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologikligi va samaradorligiga muvofiq kechiktirib bo‘lmaydigan va tez tibbiy yordam xizmatini o‘z ichiga oladigan yagona tashkiliy tuzilmasini tashkil etish;

tez tibbiy yordamning ko‘chma brigadalari faoliyatini tezkorlik bilan muvofiqlashtirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydigan ma’lumotlar uzatishning yagona bazasini va tarmog‘ini tashkil etgan holda shoshilinch tibbiy yordamni boshqarishning axborot tizimini joriy etish;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallarining ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirilgan hamda respublikaning barcha hududi bo‘yicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlashni ta’minlaydigan muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish;

2017-2020-yillarda 240 ta obyektni mukammal ta’mirlash va 369 ta obyektni joriy ta’mirlash yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati binolari va xonalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;

tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017-yilda moliyalashtirish hajmini kamida 2 baravar ko‘paytirish;

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining hududiy filiallari orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan markazlashtirilgan tartibda ta’minlash;

2017-yilda 1200 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari sotib olish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati, shu jumladan, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining avtoparkini yangilash;

2017-yil 1-apreldan boshlab tez tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatishni ularni tegishli hududiy ixtisoslashtirilgan avtobazaga berish yo‘li bilan hududiy darajada markazlashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) deb qayta nomlansin.

4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholiga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish;

tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologik va samaradorlikka muvofiq bo‘lgan shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati tizimi faoliyatiga tashkiliy-metodik va amaliy rahbarlik qilish;

shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini, uning birlamchi tibbiy yordam tizimi bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, aholining nogironligi va o‘limini pasaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar diagnostikasi va davolashning ustuvor yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish;

shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining shifokorlarini va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;

etakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatish, tajriba almashish, shoshilinch tibbiyot sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish.

5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonobod shaharchasidagi 5-uy manzilida joylashgan Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga aylantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilangan tartibda ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ushbu Farmon bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi to‘g‘risidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin;

2017-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari 2019-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlari joriy etilishini ta’minlasin;

2017-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining tez tibbiy yordam stansiyasini uning tumanlardagi kichik stansiyalari bilan birgalikda yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda tarkibiy bo‘linma sifatida Markazga bersin.

8. Belgilab qo‘yilsinki:

"Sog‘liqni saqlash" tarmog‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tez tibbiy yordam stansiyasi va uning tumanlardagi kichik stansiyalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

Markazning Tez tibbiy yordam stansiyasiga avtotransport xizmati ko‘rsatish "Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi" davlat korxonasi tomonidan ta’minlanadi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ehtiyojlari uchun olib kelinadigan texnologik va telekommunikatsiya uskunasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va dasturiy ta’minlash 2020-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev zimmalariga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2017-yil 16-mart

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch 
tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoniga

SHARH

Mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, jismonan sog‘lom va yetuk avlodni voyaga yetkazishni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimiz tibbiyot muassasalarida eng ilg‘or va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har bir ma’ruzasi va nutqida, turli uchrashuvlarda xalqimizni rozi qilish uchun, eng avvalo, uning sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini qondirish nihoyatda zarurligini doimo ta’kidlab kelmoqdalar. Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari ham tizimdagi mavjud holatni chuqur tanqidiy tahlil qilib, yig‘ilib qolgan masalalarni samarali hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu borada, ayniqsa, mamlakatimizda qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga oid huquqiy hujjatlar alohida o‘rin tutmoqda.

Hozirgi vaqtda bu tizim Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari qoshidagi bo‘limlari, mamlakatimizning barcha hududlaridagi tez tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmatini o‘z ichiga oladi. Eng asosiysi, soha rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda sohada zudlik bilan hal etishni talab qiladigan bir qator muammo va masalalar ham borki, u aniq chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etmoqda.

Avvalambor, shoshilinch tibbiyot sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish, malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiy uskunalar, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu esa tez tibbiy yordam faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning amaldagi tizimini qayta ko‘rib chiqish, shoshilinch tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilashga doir tezkor choralar ko‘rish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida mazkur tizimni takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Farmonda, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam tizimida zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor hamkorligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni tatbiq qilish, kadrlarni tayyorlash borasida ilg‘or usullarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, deb qayta nomlandi va Markazning asosiy vazifalari belgilandi.

Xususan, aholiga bepul asosda malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy xizmat ko‘rsatish, samaradorligi bo‘yicha jahon talablariga mos keladigan shoshilinch tibbiy yordam tizimining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarning profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash bo‘yicha yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish kabi yo‘nalishlar Markazning asosiy vazifalari sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, Markaz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida fan va ilmiy tadqiqotlar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni yaratish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishni, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi uchun ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni ham muvofiqlashtirib boradi.

Farmonda ta’kidlanganidek, 2017-yilning 1-iyuligacha yagona ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini yaratgan holda, tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirilishini ta’minlovchi Markaz va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi. Chunki, tez tibbiy yordam faoliyatida dispetcherlik xizmatlarini yaxshilash, uning kechayu kunduz samarali ishlashini ta’minlash bugungi kun talabidir. Shu munosabat bilan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi.

Ushbu xizmat faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklarga tizimda avtotransport vositalari bilan bog‘liq masalalar ham sabab bo‘layotgani ko‘pchilikka ma’lum. Endilikda Markazning Tez tibbiy yordam stansiyalariga avtotransport xizmatini ko‘rsatish “Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa avtotransport vositalarining har doim soz holatda bo‘lishini va kerakli manzilga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinadigan bo‘ldi.

Tajribadan ma’lumki, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish tibbiy xizmat sifatini bir necha barobar yaxshilash imkonini yaratadi. Farmonda ushbu yo‘nalishda imtiyozlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda 2020-yilning 31-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ehtiyojlarini ta’minlash uchun olib kirilayotgan yuqori texnologiyali va telekommunikatsiya jihozlari, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar va dasturiy ta’minotni bojxona to‘lovlaridan ozod etish belgilandi.

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, Farmonga ko‘ra, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali tashkil etiladi. Agar shu vaqtgacha ushbu hududda bunday tibbiy muassasa mavjud bo‘lmaganini nazarda tutadigan bo‘lsak, bu yangilik viloyat aholisi salomatligini saqlash borasida qanday katta ahamiyat kasb etishini tasavvur qilish qiyin emas, albatta.

Yana bir yangilik – shu yilning 1-aprelidan boshlab Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tez tibbiy yordam stansiyasi uning tumanlardagi kichik stansiyalari bilan birga, yuridik shaxs maqomini saqlagan holda, tarkibiy bo‘linma sifatida Markazga berilishi ko‘zda tutilgan.

Prezidentimizning mazkur Farmonida ko‘zda tutilgan e’tibor va berilayotgan imtiyozlar, soha uchun ajratilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hamda ularning noyob texnologik imkoniyatlari tizim mutaxassislari olib borayotgan ilmiy izlanishlarning saviyasini yuksak darajada oshirish, shoshilinch holatlarda diagnostika va davolashning yangi istiqbolli usullarini ishlab chiqish, rivojlantirish va amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, davolash jarayonining samarasini oshiribgina qolmay, statsionar davolash muddatlarini va buning natijasida sarf-xarajatlarni ham keskin kamaytirishi shubhasiz. Bundan tashqari, ushbu Farmon Markazning barcha filiallarini eng yuksak mezonlarga javob beradigan tibbiy apparatlar, xususan, yurak va qon-tomirlarning ultratovush doplerografiyasi, zamonaviy angiografik tuzilmasi, multispiral komputer tomografiya va magnit-rezonans tomograf apparatlari bilan to‘liq ta’minlashi uchun imkoniyat yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon hamda u bilan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘lamini kengaytirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda aholi salomatligi, inson manfaatlari, xalqimiz farovonligi haqida so‘z borar ekan, bu masalalar doimo davlatimizning e’tibor markazida bo‘lib qoladi. Ana shu ezgu maqsadlarning mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ro‘yobga chiqarilishi esa yanada ahamiyatlidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida