Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan Oʻzbekistonning Sharq mamlakatlari bilan ikki va koʻp tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi malakali mutaxassislarni tayyorlash, jahonda roʻy berayotgan jarayonlarni toʻgʻri talqin qila oladigan tahliliy tafakkurga ega kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, sharq tillari boʻyicha sinxron tarjimonlarni yetishtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, institutda sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlar darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirish, taʼlim jarayonining oʻquv-uslubiy va axborot taʼminotini yaxshilash, moddiy-texnik bazani zamon talablariga mos ravishda yangilashda oʻz yechimini kutayotgan dolzarb muammolar saqlanib qolmoqda.

Sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning salohiyati, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, talaba-yoshlarni sharqona qadriyatlar asosida tarbiyalashni takomillashtirish maqsadida:

1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (keyingi oʻrinlarda –Universitet) tashkil etilsin.

2. Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

Sharq mamlakatlarining tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va maʼnaviy merosi, iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzi, ularning zamonaviy antropologiya va etnologiyasi, tarjimashunoslik, shuningdek, turizm va gid hamrohligi sohalarida zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, mehnat bozori uchun raqobatbardosh boʻlgan kadrlarni tayyorlash;

Sharq mamlakatlarining rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar, sharq madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qoʻlyozmalarni ilmiy jihatdan oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

respublikada sharq tillari va adabiyoti, tarixi, madaniyati, falsafasi, siyosati va iqtisodiyotini oʻqitish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi sifatida xorijiy mamlakatlarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda sharq tillarini bilish darajasini baholovchi metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, til taʼlimi sohasida hamda Sharq mamlakatlari boʻyicha axborot beruvchi zamonaviy media mahsulotlar va elektron oʻquv adabiyotlarni ishlab chiqish;

Sharq mamlakatlaridagi zamonaviy tendensiyalar, tarixiy jarayonlar, sharq xalqlarining madaniy aloqalari va merosini tadqiq qilish, tahliliy maʼlumotlar tayyorlash hamda mazkur sohada ilmiy-ommabop adabiyotlar, darslik va monografiyalar chop etish;

talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, taʼlim-tarbiya jarayonlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirib borish;

sharqshunoslik va sharq madaniy merosi sohalarida professor-oʻqituvchilarning respublika hamda xorijiy mamlakatlarda stajirovka oʻtash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam tashkil etish;

xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda respublika uchun istiqbolli boʻlgan yangi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.

3. Belgilab qoʻyilsinki, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

Universitetga taʼlim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini taʼminlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;

Universitetda taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;

xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;

Universitetda sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining:

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Universitetga oʻqishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ushbu tajribani boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʻiz tillari va boshqalar) boʻyicha respublikadagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda test sinovlari bazasini va kerakli infratuzilmani oʻz muddatida va sifatli shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrsin.

5. Universitet, oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotganini hisobga olib, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqsin hamda ularning ish faoliyatini darslarga sifatli tayyorgarlik koʻrishga va ilmiy salohiyatini kuchaytirishga qaratsin;

ilmiy loyihalarni bajarish jarayoniga iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarni jalb qilishni kengaytirsin;

iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalashtirish choralarini koʻrsin;

fakultetlar tarkibi va kafedralar yoʻnalishlarini koʻrib chiqsin hamda ularning faoliyatini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida qayta tashkil etsin;

taʼlim sifatini oshirish, oʻquv va ilmiy faoliyatni ilgʻor xorijiy tajriba asosida tashkil etish maqsadida nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari ishtirokida onlayn kurslar, maʼruzalar va mahorat darslarini muntazam tashkil etsin;

professor-oʻqituvchilar va masʼul xodimlar uchun, zarurat tugʻilganda, tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida kredit-modul tizimiga oʻtish boʻyicha seminar-treninglar turkumini tashkil qilsin;

nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda salmoqli ilmiy nashrlar eʼlon qilgan, “ustoz-shogird” tamoyili asosida iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar yoki yosh professor-oʻqituvchilar bilan hammualliflikda yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etsin.

6. Quyidagilar:

a) 2020-2023 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda, shu jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:

oʻquv rejalarida amaliy va sayyor mashgʻulotlarni oʻtkazishni kengaytirish, talabalarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan fanlarga ajratilgan soatlar ulushini oshirish;

taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish;

ilgʻor xorijiy tajriba asosida boshqaruv xodimlari va professor-oʻqituvchilar faoliyatini kompleks baholash indikatorlari asosida moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish;

Universitet salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida Universitet doktoranturasiga qabul kvotasini koʻpaytirish, yangi ixtisosliklar boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar uchun badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlari elektron kataloglari hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash;

b) 2023-yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) (keyingi oʻrinlarda – maqsadli koʻrsatkichlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:

2020-yil 1-iyulga qadar Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini tanqidiy oʻrganib, uning faoliyatini takomillashtirish, qabul jarayoniga qoʻyilgan talablarni qayta koʻrib chiqishni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;

chora-tadbirlar dasturida akademik litseyga oʻquvchilar xorijiy tilni bilish darajasiga qarab qabul qilinishini hamda Universitet kafedra mudirlari va yetakchi olimlarining akademik litsey oʻquv guruhlariga biriktirilishini nazarda tutsin.

8. Sharq tillari sohasida oʻrta boʻgʻin professional kadrlarni tayyorlash, shuningdek, isteʼdodli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish maqsadida Namangan va Xiva shaharlarida sharq tillari boʻyicha texnikumlar tashkil etilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar Namangan va Xiva shaharlarida tashkil etilayotgan sharq tillari boʻyicha texnikumlarni sharq tillarini oʻqitishga moslashtirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, bitiruvchilarga qoʻyiladigan malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.

9. Taʼlim sifatini oshirish, kadrlar tayyorlashda innovatsion usullarni joriy etish maqsadida Universitet tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan:

sharq tillari boʻyicha malakali tarjimonlarni zamonaviy usullar asosida amaliyot bilan uygʻunlikda tayyorlashga qaratilgan Sinxron tarjima laboratoriyasi;

talabalarda mustaqil taʼlim kompetensiyalarini hamda sharq tillari boʻyicha elektron taʼlim resurslarini shakllantirishga xizmat qiladigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan Multimedia markazi tashkil etilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Madaniyat vazirligining Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazini (keyingi oʻrinlarda – markazlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Quyidagilar:

sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazining;

Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlari va rivojlanish modellarini kompleks tadqiq etish, Oʻzbekiston Respublikasining Sharq davlatlari bilan oʻzaro munosabatlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan byudjet mablagʻlari, Universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:

yozma yodgorliklar boʻyicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qoʻlyozma va toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Universitetni bepul taʼminlash;

Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va muzeylari huzurida Universitetning adabiy va tarixiy manbashunoslik yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlovchi kafedralarining filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda har yilgi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda ularda sharqshunoslik sohasi boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Universitet bilan birgalikda:

Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni;

Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari tarixi, antropologiyasi, tili va adabiyoti, ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, ichki va tashqi siyosatini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda kiritsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining Universitet xalqaro obroʻsini mustahkamlash, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, ilgʻor tajribalarni oʻquv va ilmiy jarayonga tatbiq etish maqsadida chet ellik mutaxassislar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning malakali xodimlari tomonidan Universitetda maʼruzalar oʻqish va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan dars berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy-nazariy maʼruzalar oʻqish uchun taklif etiladigan chet ellik professor-oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarining berilishi va uzaytirilishini, Oʻzbekiston Respublikasidagi vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.

17. Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 20a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazib berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi 2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandga muvofiq Universitetga berilgan hududda Universitetning yangi 9 qavatli binosi va sport majmuasini qurish va foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Universitetning yangi binosi va sport majmuasini qurish hamda jihozlash uchun zarur mablagʻlarni jalb qilsin va oʻz vaqtida ajratsin;

Hisob palatasi bilan birgalikda Universitetning yangi binosi va sport majmuasini qurish hamda jihozlash uchun ajratilgan mablagʻlarning oqilona va maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Universitetning asoslantirilgan takliflari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida professor-oʻqituvchilar, rahbar xodimlar va tadqiqotchilarning xorijda amaliyot oʻtashi va stajirovkasini tashkil etish choralarini koʻrsin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

21. Mazkur qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov – mazkur qarorning ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U.Madjidov – sharqshunoslik sohasida yetarli bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, Universitet faoliyatini lozim darajada tashkil etish, sharq tillarini bilish darajasini baholash tizimini joriy qilish, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish, Dasturni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;

masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari – mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish, sharqshunoslik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va ilmiy salohiyatni yaxshilash yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K.Koʻchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D.Xadjayev – mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.

Oʻzbekiston Respublikasi

          Prezidenti

                          Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 16-aprel

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida