O‘zA O`zbek

25.02.2008 16:02 Chop etish versiyasi

“Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish va chuqurlashtirish borasidagi ulkan xizmatlari hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2008 yil 20 fevral


11 703