O‘zA O`zbek

17.10.2018 Chop etish versiyasi

Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash va uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash va uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining qonun

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-avgustda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2018-yil 27-sentyabrda

maʼqullangan

1-modda.Oʻzbekiston Respublikasining1993 yil 3 sentyabrdaqabul qilingan«Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi 938–XII-sonliQonunining(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2002 yil, № 4–5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12,
341-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 384-modda) 65-moddasigaquyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Pensioner Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining pensiyadan ortiqcha toʻlangan summalarni ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, biroq uning aniqlanish sanasidan uch yildan koʻp boʻlmagan davr uchun undiriladi»;

ikkinchi beshinchi qismlari tegishincha uchinchi oltinchi qismlar deb hisoblansin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda
qabul qilingan 713–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 4-modda; 2001 yil,
№ 5, 89-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda; 2007 yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda;
2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 365-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) 134-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

uchinchi qismquyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar toʻlash oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak, bundan suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari mustasno»;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Davlat va xususiy uy-joy fondlarida koʻrsatiladigan suv taʼminotiva suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar oldindan 100 foizlik haq toʻlash asosida amalga oshirilishi kerak»;

toʻrtinchi oltinchi qismlar tegishincha beshinchi yettinchi qismlar deb hisoblansin;

oltinchi qismdagi “toʻrtinchi” degan soʻz “beshinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

yettinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar koʻrsatish majburiy toʻlovlar uch oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda toʻxtatib turiladi, bundan suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy
gaz yetkazib berish mustasno»;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq toʻlash amalga oshirilmagan taqdirda, suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi.

Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda majburiy toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyishgacha boʻlgan choralar koʻriladi».

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Oʻzbekiston Respublikasining 

Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2018-yil 16-oktyabr
№ O`RQ–500


6 849
O'zA