Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda aholini, birinchi navbatda, qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida salmoqli ishlar bajarildi.

Suv va kanalizatsiya tarmoqlarini, shu jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalari izchil amalga oshirilmoqda.

Biroq bu borada koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya sohasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator hal etilmagan muammolar hamon mavjud.

Xususan, ichimlik suvi isteʼmolini hisobga olish asboblari, shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlariga oid zarur barcha axborotni “onlayn” rejimida kiritish, saqlash, muntazam yangilash hamda monitoring qilishni taʼminlaydigan yagona tizimning yoʻqligi suvni isrof qilish va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar oshib ketayotganining sabablaridan biridir.

Suv taʼminoti tarmoqlari va inshootlaridan samarasiz foydalanilayotgani, shuningdek, joylardagi asosiy fondlarni modernizatsiya qilish va yangilash loyihalari ishonchli moliyalashtirilmayotgani uskuna hamda texnikalarning, ayniqsa, qishloq joylarda tez ishdan chiqishiga sabab boʻlmoqda.

Aholi punktlarida kanalizatsiya tizimlarini qurish va barpo etilayotgan koʻp kvartirali uylarni ularga ulash masalasiga lozim darajada eʼtibor berilmayapti.

Zamonaviy boshqaruv shakllari va usullari yetarlicha joriy etilmagani, kadrlar salohiyatining pastligi suv taʼminoti hamda kanalizatsiya obyektlarini samarali boshqarish va ulardan foydalanishni taʼminlash imkonini bermayapti.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasidagi xizmatlar sifatini, tarmoq korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish asosida ishonchli moliyalashtirish manbalarini tashkil etish maqsadida:

1. Quyidagilar suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani bosqichma-bosqich joriy qilish;

suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida hisobga olish hamda monitoring qilishni taʼminlaydigan zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi barcha isteʼmolchilarni ichimlik suvini hisobga oluvchi zamonaviy asboblar bilan jihozlash;

turar joy komplekslarini qurishda sanitariya talablarini, shu jumladan, mahalliy tozalash inshootlarini qoʻllash orqali taʼminlash maqsadida kanalizatsiya obyektlarini ichimlik suvi taʼminoti obyektlari bilan birgalikda loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish;

ichimlik suvi ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini oʻzi toʻliq qoplashini taʼminlaydigan, suv taʼminoti hamda kanalizatsiya obyektlarini boshqarish va ulardan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish imkonini beradigan yangi tarif siyosatini ishlab chiqish orqali suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;

suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda xalqaro maslahatchilarni jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2024yillarda Oʻzbekiston Respublikasida suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) loyihasini 2019-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasining ahvoli va uni rivojlantirish yoʻnalishlarini kompleks tahlil qilish;

aholini ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlashning maqsadli koʻrsatkichlari;

suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini boshqarish va ulardan foydalanish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish;

tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri, avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion yechimlar, shuningdek, ichimlik suvini hisoblashning zamonaviy asboblarini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining texnik koʻmagi mablagʻlari hisobidan Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini aniqlasin.

3. Quyidagilar:

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti doirasida markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan amalga oshiriladigan suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishning manzilli dasturi va tarmoq jadvallari 1.1-1.15-ilovalarga muvofiq;

2019-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishning manzilli dasturi va tarmoq jadvali 2.1-2.2.-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

4. Jahon bankining 2017-yil fevral oyida oʻtkazilgan missiyasi natijalariga koʻra, Jahon banki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-avgustdagi PQ-1610-son qarori bilan tasdiqlangan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlari markazlari va qishloq aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi boʻyicha 4869-UZ-son kreditni yopish muddati 2019-yil 30-iyunga qadar uzaytirilishini tasdiqlaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining loyihani amalga oshirish muddatini 2019-yil 30-iyunga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan yuridik shaxslar quyidagi loyihalar doirasida yuridik shaxslarning ishlar va xizmatlar koʻrsatishdan topilgan daromadidan olinadigan foyda soligʻidan ozod etilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 16-apreldagi PQ-1324-son qarori bilan tasdiqlangan “Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini tutashtirgan holda Damxoʻja hududlararo suv quvurini modernizatsiya qilish. Termiz shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi PQ-1378-son qarori bilan tasdiqlangan “Qoʻqon va Andijon shaharlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini hamda Fargʻona, Margʻilon shaharlari va Rishton tumani markazining suv taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasi.

6. Soliq imtiyozlari berish natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishga qoʻshgan hissasi ekanligi belgilansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) aylantirilsin va unga kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklansin.

Jamgʻarmaning 248,1 million AQSH dollari miqdoridagi dastlabki kapitali quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilsin:

2019-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti doirasida suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda modernizatsiya qilishga yoʻnaltiriladigan kapital qoʻyilmalardan – 131,8 million AQSH dollari ekvivalentida;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlaridan – 95,6 million AQSH dollari miqdorida;

2019-yil boshida belgilanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari, Toshkent shahar byudjeti mablagʻlarining boʻsh qoldiqlaridan – 20,7 million AQSH dollari ekvivalentida.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 2019-yil 1-aprelga qadar suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari zayomlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishga kompleks yondashuv tizimini nazarda tutgan holda, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin;

suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimida ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy hisobraqami orqali moliyalashtirishga ruxsat berilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

ikki oy muddatda xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda, Toshkent shahri suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish choralarini koʻrsin;

2019-yil 1-aprelgacha Andijon, Namangan, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida Shveysariya Konfederatsiyasi Hukumatining grantlari ishtirokida amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishning tajribadan oʻtkazilgan ushbu shakllarini boshqa qishloq aholi punktlarida ham tatbiq etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2019-yil 1-iyulgacha Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv taʼminoti hamda kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlasin va tanlov oʻtkazsin.

10. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro tajribani oʻrgangan holda kanalizatsiya-tozalash inshootlarida hosil boʻlgan quyqalardan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida samarali foydalanish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar tegishli shartnoma imzolangan sanadan boshlab 3 yil muddatga:

yagona ijtimoiy toʻlovdan boshqa barcha turdagi soliqlar va majburiy toʻlovlarni;

respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni olib kelishda bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.

12. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va ushbu nizomda isteʼmolchilar uchun tariflar xizmat koʻrsatish tannarxini toʻliq qoplashi, shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlarini hisobga olish imkonini beradigan tartib nazarda tutilsin.

13. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini shakllantirishda suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga yoʻnaltiriladigan byudjet mablagʻlarini nazarda tutsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari suv zaxiralarining taʼminlangan debeti mavjud boʻlganda, tabiiy hamda sunʼiy suv havzalaridan suv resurslarini suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalariga ustuvor tartibda yetkazib bersin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2019-yilgi manzilli dasturga kiritilgan shaharlar, tuman markazlari va qishloq aholi punktlarini suv bilan taʼminlash uchun suv zaxiralarini aniqlash boʻyicha gidrogeologik ishlar;

3-ilovaga muvofiq 2020-yilga moʻljallangan ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi doirasidagi gidrogeologik ishlar bajarilishini taʼminlasin.

16. Gidrogeologik ishlarni oʻtkazmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining yer osti ichimlik suvlari mavjudligi haqidagi tegishli xulosasini olmasdan suv taʼminoti obyektlarini qurish taqiqlansin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining:

kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarga miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus ustama puli belgilash;

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 2019-yil va kelgusi yillarda suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli dasturlarni muvofiqlashtirish va bajarishni taʼminlash uchun toʻrtta hududlararo filiallar negizida mamlakatning barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUKning hududiy boshqarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki:

a) kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarga maxsus ustama pul summasi:

maqsadli tushum hisoblanadi va barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilmaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbai hisoblanadi;

b) 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab, atrof-muhitni ifloslantirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya toʻlovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qism Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan undiriladi hamda quyidagi tarzda taqsimlanadi:

74 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

26 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oy muddatda oqova suvlar normadan ortiq tashlanishini hisobga olish tizimi, toʻlovchilar toʻliq qamrab olingani, shuningdek, belgilangan yigʻim miqdorlarini tanqidiy tahlil qilsin hamda ushbu sohadagi qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar kiritsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda:

2019-yil 1-iyungacha 2019-2021 yillarda ichimlik suvini hisobga olishning zamonaviy asboblari va tegishli uskunalarni xarid qilishning moliyalashtirish manbalarini aniqlasin;

2019-yil 1-iyulgacha aholi punktlari va suv taʼminoti obyektlari kesimida 2019-2021 yillarda ichimlik suvini hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish grafiklari tasdiqlanishini taʼminlasin;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulgacha:

suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari obyektlarini modernizatsiya qilish, samarali boshqarish hamda ulardan foydalanish, shu jumladan, mahalliy tozalash inshootlarini jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish uchun takliflar tayyorlanishini;

suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini, shu jumladan, qishloq aholi punktlaridagi mahalliy tozalash inshootlarini boshqarish hamda ularga xizmat koʻrsatishga malakali xususiy operator kompaniyalarni (xususiy sheriklarni) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida keyinchalik jalb qilish maqsadida ular bilan muzokaralar oʻtkazilishi va ularning ochiq roʻyxati shakllantirilishini taʼminlasin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatish sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallarini (qoʻshma fakultetlar) ochish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:

suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlaridan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklik shartnomalarini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin hamda bunda suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi tegishli kelishuvlarda belgilangan darajadan past boʻlmagan tariflar shakllantirilishini nazarda tutsin;

suv taʼminoti va kanalizatsiyaning, shu jumladan, qishloq joylardagi tizimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha normativ hujjatlar hamda xususiy operator kompaniyalarni (xususiy sheriklarni) tanlash mexanizmini, shartnoma va kelishuvlarning namunaviy loyihalarini, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvlarda koʻrsatiladigan texnik va moliyaviy koʻrsatkichlar, shuningdek, ular faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlariga oid barcha zarur axborotni kiritish, saqlash, muntazam yangilash hamda monitoring qilishni taʼminlaydigan yagona geoaxborot tizimini joriy qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin.

20. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J.Ramatovga – ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlashni qatʼiy nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R.Xolmurodovga – xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb etiladigan mablagʻlari oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash, shuningdek, salohiyatli investorlarni topish hamda suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorovga – ushbu qarorda nazarda tutilgan loyihalarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash, shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasidagi loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish mexanizmlari sifatli ishlab chiqilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X.Soliyevga – ushbu qarorda nazarda tutilgan obyektlar loyiha hujjatlarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishi, ularning qurilishi va ishga tushirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.

21. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M.Mavlonov va G.K.Saidova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                         Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018-yil 30-noyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida