O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘z milliy tarixi va madaniyatiga, dunyoda eng katta boylik bo‘lgan intellektual va ma’naviy salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish, uni asrab-avaylash va boyitish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jahondagi har bir davlat va jamiyatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi o‘rin egallaydi.

Shu borada dunyo tarixida ilk Sharq Uyg‘onish davri – Musulmon Renessansi deb nom olgan o‘rta asrlar va undan keyingi zamonlarda bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Xususan, IX-XI asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va “Bayt ul-hikma”, ya’ni “Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan olimlar, o‘tmishda yurtimizda islom dinining mazmun-mohiyatini chuqur tadqiq qilish va targ‘ib etish bo‘yicha betakror asarlar yaratgan ulamolar butun dunyoga dong taratganlar.

O‘rta asrlarning ilk davrida ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq fanlar bilan birga, tarix, geografiya, falsafa, madaniyat va san’at, arxitektura sohalarida yaratilgan buyuk ilmiy g‘oya va kashfiyotlar jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojida keskin burilish yasadi.

O‘z davridagi barcha qiyinchilik va og‘ir sinovlarga qaramasdan, bu alloma va mutafakkirlar ilmu fan ravnaqi yo‘lidagi o‘z burchiga, gumanizm va ma’rifat g‘oyalariga hamisha sodiq qolib, haqiqiy ma’naviy jasorat namunasini ko‘rsatdilar va ularning xalqimiz va bashariyat oldidagi buyuk xizmatlari, ayniqsa, mustaqillik yillarida munosib hurmat va e’tibor topib kelmoqda.

Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki bo‘lib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir.

Ayni vaqtda ta’kidlash lozimki, ana shu betakror ilmiy merosning barcha qatlamlari hali to‘liq o‘rganilmagan va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Birgina mamlakatimiz kitob fondlarida saqlanayotgan, asosiy qismi YuNESKOning madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar ham shundan dalolat beradi.

Xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan ana shunday noyob merosni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, ular bilan aholimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson qalbi va ongini egallash uchun turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tashkil etilsin.

2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;

Markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantirish;

Markaz tarkibidagi muzey ekspozitsiyasining mavzu yo‘nalishlarini chuqur o‘ylangan, ilmiy asoslangan aniq reja bo‘yicha shakllantirish va uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish;

islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlarini keng targ‘ib qilish;

jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish;

islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, o‘zaro do‘stlik va insoniylikka da’vat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, jahon ahlini bir maqsad yo‘lida – jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

O‘zbekistonning qadimiy tarixi va madaniyati, davlatchilik an’analari, xalqimizning turmush tarzi va dunyoqarashi islom sivilizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanib, rivojlanganini Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Kesh, Nasaf, Termiz, Andijon, Marg‘ilon, Karmana, Qo‘qon singari qadimiy shaharlarimiz, ulug‘ allomalar va aziz-avliyolar xotirasiga bag‘ishlab yurtimizda bunyod etilgan yodgorlik majmualari, muqaddas qadamjolar maketlari, ulug‘ siymolar, noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar, moddiy va nomoddiy meros, xususan, “Shashmaqom” namunalari kabi noyob eksponatlar orqali aks ettirish, shu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalari asosida qomuslar, katalog va albomlar, ilmiy-ommabop to‘plamlar, teleko‘rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlash;

Markazda, mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularning natijalaridan yurtimiz hamda jahon jamoatchiligini xabardor qilib borish;

Evropa Renessansining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Musulmon Renessansi davrida ilm-fan, madaniyat va san’at, me’morlik rivoji to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlar pavilyonlarini tashkil etish orqali Markazda namoyish etiladigan ekspozitsiyalarni mazkur davrlarga oid eksponat va ko‘rgazmali manbalar bilan boyitish;

jahon tarixida “Amir Temur va temuriylar renessansi” degan nom bilan alohida o‘rin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va me’morlik durdonalarini islom madaniyatining nafaqat yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi taraqqiyot va yuksalish davri sifatida ko‘rsatish;

bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazining jahondagi nufuzi xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, YuNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaz direktoriga, zarur hollarda, Markazning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.

4. Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining tarkibi 2-ilovaga binoan tasdiqlansin.

5. Belgilab qo‘yilsinki:

Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazining ustavini tasdiqlasin;

Markazning ma’muriy va asosiy binolarini (keyingi o‘rinlarda – obyekt deb ataladi), uning tarkibidagi kutubxona va muzeyni hisobga olgan holda, Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga yondosh hududda qurish, uning zarur moddiy-texnik bazasi va infratuzilmalarini barpo etish hamda rivojlantirish loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish, Markaz faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tasdiqlasin.

Qarorda quyidagi vazifalar belgilanishi nazarda tutilsin:

obyektning qurilish-montaj va jihozlash ishlarida qo‘llanadigan hamda pudrat tashkiloti va buyurtmachi tomonidan olib kelinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etish;

mamlakatimizda ishlab chiqariladigan va chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni tender o‘tkazmasdan, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi namunalar bo‘yicha takliflari asosida sotib olish;

obyekt uchun mo‘ljallangan, chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni bosh pudratchining ombor maydonlarida (IM-74) (bojxona ombori) bojxona rejimida joylashtirishga ruxsat berish;

Markazning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish, uning muzey va kutubxonasi faoliyatini va fondlarini shakllantirish, ekspozitsiyalarini tashkil qilish tartiblarini belgilash;

Ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish va bu boradagi ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish.

7. Toshkent shahar hokimligi:

obyekt qurilishi uchun tanlangan yer maydonidagi turar joy binolari va boshqa inshootlarni belgilangan tartibda buzib olish va ko‘chirish ishlarini ikki oy muddatda amalga oshirsin;

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda obyekt qurilishi uchun tegishli yer maydoni ajratilishini ikki hafta muddatda ta’minlasin;

8. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

Markazga madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlardagi mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirishda amaliy yordam bersin;

Markazning murojaatiga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda (konferensiya, simpozium, forum va boshqalar) ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalarning konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz tomonidan beriladigan buyurtmanomalarga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan tegishli xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha propiskadan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Markazning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

12. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan tushadigan ixtiyoriy badallar;

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriya mablag‘lari;

muayyan loyiha va grantlardan ajratilgan mablag‘lar.

13. Markazning ma’muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar mashhur vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.

14. Mahalliy va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning Markazni tashkil etish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan homiylik xayriya mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-apreldagi F-4891-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi hajmini va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha Komissiya bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida bosh pudratchi tomonidan Markaz uchun olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.

16. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi mazkur obyekt qurilishi doirasida qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni o‘n kun muddatda ekspertizadan o‘tkazsin.

17. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining VIP zali orqali bepul xizmat ko‘rsatilishini, xorijiy mutaxassislarga mazkur aeroportning VIP zali orqali belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

19. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini barpo etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.

20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X.Sultonov, R.Komilov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 23-iyun

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida