O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qarorlariga muvofiq Bosh vazir lavozimiga Sh.M.Mirziyoyev tasdiqlangan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich |
- |
Bosh vazir |
qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi rahbari, 1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 2. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi | |
Azimov Rustam Sodiqovich |
- |
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri |
makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari, 1. Iqtisodiyot vazirligi 2. Moliya vazirligi 3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 5. Davlat soliq qo‘mitasi 6. Davlat bojxona qo‘mitasi 7. Davlat statistika qo‘mitasi 8. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi | |
Zokirov Botir Irkinovich |
- |
Bosh vazir o‘rinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi |
kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari, 1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi | |
Ibragimov G‘ulomjon Inomovich |
- |
Bosh vazir o‘rinbosari |
geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari, 1. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi | |
Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich |
- |
Bosh vazir o‘rinbosari – «O‘zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi |
mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari | |
Ikromov Adham Ilhomovich |
- |
Bosh vazir o‘rinbosari |
madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari, 1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2. Xalq ta’limi vazirligi 3. Sog‘liqni saqlash vazirligi 4. Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi | |
Bositxonova Elmira Irkinovna |
- |
Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi |
|
Vazirliklar
Saidova Galina Karimovna - Iqtisodiyot vaziri
G‘aniyev Elyor Majidovich - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Abduhakimov Aziz Abduqaharovich - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri
Mirzohidov Xurshid Mirsobirovich - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Berdiyev Qobul Raimovich - Mudofaa vaziri
Ahmedboyev Adham Akramovich - Ichki ishlar vaziri
Komilov Abdulaziz Hafizovich - Tashqi ishlar vaziri
Ikromov Muzraf Mubarakxodjayevich - Adliya vaziri
Alimov Anvar Valiyevich - Sog‘liqni saqlash vaziri
Vahobov Alisher Vosiqovich - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
Inoyatov Ulug‘bek Ilyosovich - Xalq ta’limi vaziri
lavozimi bo‘yicha - Madaniyat va sport ishlari vaziri
Xudaybergenov Tursinxon Aydarovich - Favqulodda vaziyatlar vaziri
Davlat qo‘mitalari
Parpiyev Botir Rahmatovich - Davlat soliq qo‘mitasi raisi
Dusanov Zohid Abduqayumovich - Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
To‘rayev Botir Eshboyevich - Davlat statistika qo‘mitasi raisi
Hidoyatov Davron Abdulpattaxovich - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi
Arabov Saidqul Amirovich - Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi
To‘ramuratov Ilhomboy Bekchonovich - Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari etib tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 11-fevral