O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin:
1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 188 763 kishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegarasi doirasida.
2-Andijon saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 984 247 kishi.
Andijon viloyati chegarasi doirasida.
3-Buxoro saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 265 163 kishi.
Buxoro viloyati chegarasi doirasida.
4-Jizzax saylov okrugi
Saylovchilar soni – 844 309 kishi.
Jizzax viloyati chegarasi doirasida.
5-Navoiy saylov okrugi
Saylovchilar soni – 641 380 kishi.
Navoiy viloyati chegarasi doirasida.
6-Namangan saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 771 067 kishi.
Namangan viloyati chegarasi doirasida.
7-Samarqand saylov okrugi
Saylovchilar soni – 2 373 738 kishi.
Samarqand viloyati chegarasi doirasida.
8-Sirdaryo saylov okrugi
Saylovchilar soni – 529 810 kishi.
Sirdaryo viloyati chegarasi doirasida.
9-Surxondaryo saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 581 214 kishi.
Surxondaryo viloyati chegarasi doirasida.
10-Toshkent viloyati saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 943 289 kishi.
Toshkent viloyati chegarasi doirasida.
11-Farg‘ona saylov okrugi
Saylovchilar soni – 2 417 891 kishi.
Farg‘ona viloyati chegarasi doirasida.
12-Xorazm saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 167 263 kishi.
Xorazm viloyati chegarasi doirasida.
13-Qashqadaryo saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 984 042 kishi.
Qashqadaryo viloyati chegarasi doirasida.
14-Toshkent shahar saylov okrugi
Saylovchilar soni – 1 742 833 kishi.
Toshkent shahri chegarasi doirasida.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
Markaziy saylov komissiyasi
Raisi M.Abdusalomov
Toshkent shahri,
2016-yil 15-sentabr