O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq:
Farmanov Aleksandr Kasimovich – «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – bosh direktori
Sanakulov Kuvandik – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori
Tyan Valeriy Nikolayevich – «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori
Salixov Shavkat Ismailovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
Usmanov Mirabror Zufarovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi a’zosi
Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori o‘rinbosari
Mirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari
Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi
Artikova Svetlana Baymirzayevna – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari
Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasi professori
Zufarov Maxamadjan Zairovich – «Nuroniy» jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi
Alliyarova Aysanem Joldasbayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Yo‘ldoshev Nig‘matilla To‘lqinovich – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
Ramatov Achilbay Jumaniyazovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
Alimova Gavxar Zayirovna – «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 20-yanvar