O‘zA O`zbek

18.01.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:

Ayupov
Shavkat Abdullayevich

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori

Basitxanova
Elmira Irkinovna

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Rafiqov
Kudratulla Mirsagatovich

-

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov
Mir-Akbar
Xodji-Akbarovich

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari

Saidov
Sirojiddin Saloxovich

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Sayfullayev Baxtiyor

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori

Sanakulov Kuvandik

-

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

Safoyev
Sodiq Solixovich

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari

Saʼdullayev
Alisher Zafar oʻgʻli

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningyoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

Turdiyev
Sodiqjon

-

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

Xodjimatov
Minxajidin Mirzajanovich

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Xudaybergenov
Tursinxan Aydarovich

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Yuldashev
Bexzod Sadikovich

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti

                                                                                Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,

2020-yil 17-yanvar


18 951
O'zA