O‘zA O`zbek

30.01.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5644-son Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlar Mahkamasi/Hukumat) ijro etuvchi tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha komplekslari rahbarlari lavozimlari, shuningdek, ularning apparatlari (kotibiyat);

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish komplekslari, tarmoqlari va sohalari boʻyicha axborot-tahlil departamentlaritugatilsin.

2. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisilavozimlari kiritilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 178 nafar boʻlgan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga masalalarni tartibga solish va ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligini hisobga olgan holda, zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov bir hafta muddatda masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni biriktirgan holda Vazirlar Mahkamasi apparati boʻlinmalari tuzilmasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etsin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Hukumat oldiga qoʻyilgan maqsadli vazifalarga erishishni taʼminlash maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar boʻyicha kelishilgan qarorlar qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlarivazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganadi, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqadi. Bunda yuklangan vazifalarni hal etishda ularning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari ular vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu masalalar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boshqa hujjatlarning, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari tomonidanxoʻjalik jamiyatlari va kompaniyalar, shuningdek, davlat ulushiga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan bir vaqtning oʻzida rahbarlik qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

5. Quyidagilar ustuvor vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining funksiyalari va vakolatlarini, ular funksiyalarining bir qismini tegishli davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berishni nazarda tutgan holda tubdan qayta koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, tegishli faoliyat sohalaridagi erishilgan natijalar uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish;

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining professional darajasini oshirish, barcha boʻgʻinlarda ijro intizomini mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash tizimini takomillashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini va ilgʻor xorijiy tajribasini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi ushbu bandni amalga oshirish yuzasidan bir oy muddatda aniq takliflar kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov oʻn kun muddatda ushbu qaror talablarini bajarish yuzasidan Harakatlar rejasini tasdiqlasin, bunda quyidagi topshiriqlarning bajarilishiga alohida eʼtibor qaratsin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish;

b) Vazirlar Mahkamasi apparatining yangilangan shtat jadvalini tasdiqlash;

v) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, ushbu qaror bilan kiritilayotgan boshqa lavozimlarning funksional vazifalarini tasdiqlash;

g) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy hujjatlarni va boshqa masalalarni kiritish, koʻrib chiqish va ular toʻgʻrisida axborot berish, shuningdek, Hukumat, uning Rayosati majlislarini oʻtkazishni tashkil etish va ularning yakunlari boʻyicha qarorlar qabul qilish muddatlari va mexanizmlarini ixchamlashtirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi Reglamentini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish, unda shu jumladan, quyidagi tartiblarni nazarda tutish:

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini oʻtkazish muddatlarini koʻrsatgan holda ularning kun tartibini shakllantirish;

Hukumat, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari oldiga qoʻyilgan, shu jumladan, ular faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlariga va maqsadli indikatorlariga asoslangan vazifalarning bajarilishi;

ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda aniq faktlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun jamoatchilik fikrini oʻrganish;

normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, Hukumatning qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalarini maʼqullash;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etish, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qilish;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish, hal etiladigan muammolar muhokamasiga va Hukumat faoliyatini baholashga jamoatchilikni jalb qilish;

d) Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi, uning barcha boʻlinmalari funksiyalari, vakolatlari, huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyatini batafsil belgilab beruvchi nizomni ishlab chiqish;

ye) Hukumat faoliyati sohalaridagi istiqbolli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha takliflarni kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;

j) bugungi kun talablarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi apparatini iqtisodiyot, ijtimoiy va madaniy-gumanitar sohalardagi vazifalarning samarali bajarilishini yuqori professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–3825-son qarorining 6-bandidagi “Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, Apparat boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2019 yil 28 yanvar