O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

1-sentabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo‘lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida doimo katta shodu xurramlik bilan nishonlanib keladi.

Buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda.

Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligini munosib kutib olish, istiqlol davrida erishayotgan yutuqlarimizni yana bir bor sarhisob qilib, el-yurtimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.

Mazkur dastur 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlansin.

Bu borada quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilsin:

“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” degan tamoyilga asosan mamlakatimizni modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, parlament va siyosiy partiyalarning rolini, davlat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini yanada oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish orqali davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni atroflicha yoritish;

“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida joylarda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan xalq bilan ochiq va samarali muloqot olib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, buning natijasida fuqarolarning ko‘plab murojaat va muammolari qonuniy hal etilayotganiga alohida e’tibor qaratish;

qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ichki ishlar tizimi va prokuratura organlarida amalga oshirilayotgan tub islohotlarni asosiy mavzulardan biri sifatida aks ettirish;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, uning raqobatdoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks va mutanosib taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini yoritishga keng o‘rin va ahamiyat berish;

“Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” degan g‘oya asosida aholi, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy biznes va kasanachilik, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyat va preferensiyalar yaratib berish, banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish, tegishli tashkilotlar orqali zarur resurslar yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilganini aniq misollar bilan ko‘rsatish;

ijtimoiy sohada aholi bandligini ta’minlash, uning real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali olib borishga qaratilgan ishlarga alohida urg‘u berish;

shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tobora ochilib borayotgani, aholi uchun namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish, keksa avlod vakillarini, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlarni atroflicha yoritish;

“Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” degan tamoyilga muvofiq aholining madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, jumladan, elektron kitobxonlikni rivojlantirish, ijodkor ziyolilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularning yutuqlarini targ‘ib etish borasidagi ishlarni keng aks ettirish;

qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarimizning asosiy omili va mezoni sifatida birinchi navbatda xalqimizning fidokorona mehnati, odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va tafakkuri o‘zgarib, fuqarolik faolligi tobora kuchayib borayotganini hayotiy dalil va misollar orqali talqin etish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish orqali davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, qo‘shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, balki hamkorlik qilish, mintaqamizdagi muammolarni birgalikda hal etish tamoyiliga asosan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyatini ochib berish;

mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini kuchaytirish, jahon miqyosida raqobat, qarama-qarshilik tobora beshafqat tus olayotgan, radikalizm, terrorizm, ekstremizm, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o‘zi talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamiz ekanini keng jamoatchilikka yetkazish.

3. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin.

4. Respublika komissiyasi o‘z yig‘ilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar va O‘zbekiston Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazsin.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi bilan birgalikda yosh ijrochilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda g‘oliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin.

8. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “Tasviriy oyina” uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Eng ulug‘, eng aziz”, “Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Ranglar jilosida – ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishni ta’minlasin.

9. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

10. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 27-iyun

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida