O‘zA O`zbek

28.08.2018 22:30 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, taʻlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʻat, maʻnaviyat va maʻrifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, taʻlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʻat, maʻnaviyat va maʻrifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va maʻnaviyatini yuksaltirish ishiga qoʻshgan munosib hissasi, yorqin isteʻdodi va serqirra ijodi, ilmiy faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi”

Yoʻldoshev Behzod Sodiqovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Togʻayev Baxshikul Karimovich - Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Surxon tongi” ashula va raqs badiiy havaskorlik jamoasi baxshisi, Surxondaryo viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”

Abduraxmanov Orazbay - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, yozuvchi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist”

Ruziyeva Anor Rayimovna - Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri vokal artisti

Xabibov Neʻmatulla Maxaramovich - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Xalknazarova Lizaxan Utepbergenovna - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi”

Abduraximov Axmad Mamadjanovich - Toshloq tumanidagi 22-bolalar musiqa va sanʻat maktabining anʻanaviy xonandalik sinfi oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Inoyatov Raxmatullo - Buxoro sanʻat kolleji anʻanaviy xonandalik boʻlimi oʻqituvchisi

Muminova Lola Raximovna - Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Orziyeva Dilbar Adizovna - Navoiy shahridagi Mehribonlik uyi direktori

Raximov Eshturdi - Mehnat faxriysi, “Nuroniy” jamgʻarmasining Nurobod tumani Kengashi aʻzosi, Samarqand viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”

Yefremov Ivan Vladimirovich - Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va maʻnaviyatini yuksaltirish, taʻlim, madaniyat, adabiyot, sanʻat, sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qoʻshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdullayeva Nasiba Melikovna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Ahmedov Yoqub - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi “Baxtli bolalik” namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Joʻrayev Sherali- “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari

Otajonov Ortiq - Oʻzbekiston xalq artisti

Sagdiyev Yodgar Xabibovich - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Usmonova Yulduz Ibragimovna - “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Aleushiyeva Jgagul Smailovna - Shumanay tumani 57-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi ginekolog shifokori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Axmedova Zaxro Raxmatovna - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti laboratoriyasi mudiri

Djalalov Boxodir Fazletdinovich - Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʻzosi, rassom

Jalilov Ismoil Toʻlaganovich - Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri badiiy rahbari

Kamalov Telman Tolyaganovich - Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qandli diabetning yiringli asoratlari boʻlimi mudiri

Kamilova Xalida Xafizovna - Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori

Kurbanov Raxmatjon Xudarganovich - Urganch shahar 2-bolalar musiqa va sanʻat maktabi direktori, Xorazm viloyati

Lutpullayev Xayrulla - Oʻzbekiston xalq artisti

Muminova Zulfiya Mardanovna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, shoira

Rashidov Tursunbay - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi

Sabirov Leonard - Samarqand davlat universitetining nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi professori

Tojiboyev Maxmudjon Goziyevich - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining anʻanaviy ijrochilik kafedrasi professori

Xalilova Mavluda Boltayevna (Matluba Dadaboyeva) - Oʻzbek milliy maqom sanʻati markazi katta ilmiy xodimi

Yuldashev Akmal Akramovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Fargʻona viloyati filiali direktori

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Varisova Maksuda Azizovna - Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 19-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Abdujapparov Sulayman Baxreddinovich - Jizzax viloyati onkologiya dispanseri bosh shifokori

Baxronov Oʻtkir Shodiyevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy viloyati filiali kardiologiya boʻlimi shifokori

Boydedayev Toxir Raximjonovich - Namangan shahar 1-sonli shifoxona bosh shifokori

Dadamuxamedova Shaxida Mubashirovna - Buxoro viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori

Djurayev Mirjalol - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali direktori

Nazarov Nutfullo - Gʻijduvon tumani tibbiyot birlashmasi 68-qishloq oilaviy poliklinikasi shifokor-terapevti, Buxoro viloyati

Qosimova Feruza Abduvaliyevna - Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Navroʻz” qishloq vrachlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati

Qurbonov Sherali Shaymatovich - Denov tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi mudiri, Surxondaryo viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Asretdinov Xasanboy Yuldashevich - Norin tumani madaniyat boʻlimi mudiri – madaniyat va aholi dam olish markazi direktori, Namangan viloyati

Axmedov Murod Erkinovich - Navoiy viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Ahmedova Zarina Ahmedovna - Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi “Navroʻz” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Baltaniyazov Sarsenbay Aytmuratovich - Oʻzbekiston davlat sanʻat va madaniyat institutining Nukus filiali rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi dotsenti

Berdimurodov Amridin Ergashovich - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori

Varlamova Natalya Gennadyevna - Oʻzbekiston orkestrlari birlashmasi Milliy simfonik orkestri artisti

Gafurov Sattarjon - Namangan viloyati tojik milliy madaniy markazi raisi

Djurabayeva Charosoy Xosiljanovna - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri Yoshlar baleti (“Tumor” raqs ansambli) badiiy rahbari

Dolimov Ulugʻbek - Mehnat faxriysi, adabiyotshunos olim

Ivanov Sergey Vikentyevich - “Usto” uyushmasi aʻzosi, usta kulol

Karimbayeva Nigora Abduraxmanovna - Oʻzbekiston davlat sanʻat va madaniyat instituti oʻqituvchisi, kinoaktyor

Kerimov Fikrat Azizovich - Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori

Kurbonov Xasan Ismatovich - Kitob tumanidagi “Kitob gullari” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Lixodziyevskiy Anatoliy Stepanovich -Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori

Mahmudov Nizomiddin Mamadaliyevich - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Musayeva Firuza Yusupovna - “Farhod” madaniyat saroyi “Baxtli bolalik” xalq raqs ansambli baletmeysteri, Navoiy viloyati

Muxitdinova Larisa Asamovna -V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori oʻrinbosari, fortepiano boʻlimi oʻqituvchisi

Nazarova Zulfiya Sheraliyevna - Jizzax viloyati perinatal markazi reanimatsiya va anesteziologiya boʻlimi katta hamshirasi

Nazarova Salima Kayumovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi endokrinologiya dispanseri bosh shifokori

Razakov Nabi - Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahridagi “Star layt” studiyasi rejissyori

Saidov Farxod Djurayevich -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Madaniyat va maʻrifat markazi xonandasi

Saitova Erkinoy - Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi oʻqituvchisi

Toksanbayeva Gulbaxar Orazbayevna - Moʻynoq tuman madaniyat va aholi dam olish markazi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Toʻrayev Halim - Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi professori

Tursunov Sanjar Shokirjon oʻgʻli - Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi

Tursunova Xurshidaxon Atabayevna - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi dotsenti

Usmanov Farid - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, shoir

Usmanova Dilbar Saidmaxmudovna - Qibray tumanidagi “Farhod - madad shifo” xususiy klinikasi endokrinologiya boʻlimining oliy toifali shifokor-endokrinologi va klinika menejeri, Toshkent viloyati

Chernisheva Anastasiya Igorevna - Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi boʻlim mudiri

Sheraliyeva Tatyana Turgunovna - Fargʻona viloyati madaniyat va aholi dam olish markazi direktori

Yusupov Djalil Djoʻrabayevich - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh muhandisi

Mamlakatimizda ijtimoiy va maʻnaviy-maʻrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abduraxmanov Kamil Fazilovich - Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining onkologiya kafedrasi dotsenti

Azlarov Akmal Akramovich - “Hunarmand” uyushmasi aʻzosi, yogʻoch-oʻymakor usta

Annazarov Jasvantbek Baxramovich - Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʻzosi, haykaltarosh

Babanazarov Baxodir Babajanovich - Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Sirdaryo viloyat ixtisoslashtirilgan sanʻat maktab-internati direktori

Berdimbetova Gulaim Yesenovna - Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori oʻrinbosari

Boltayev Farxod Nazarovich – Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri rejissyori

Daminov Irgash Inoyatovich - Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi boʻlim boshligʻi

Kan Vitaliy Sergeyevich - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi katta oʻqituvchisi

Kattayeva Fotima Boltayevna - Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar internat uyi enagasi

Mirzayeva Zebo Boymanovna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, shoira

Mustafokulov Samariddin Istatpulotovich - Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi direktori

Nurmatov Xabibulla Isanbayevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining oʻzbek xalq cholgʻulari boʻlimi oʻqituvchisi

Razikova Fotima Bafoyevna - Buxoro viloyat bolalar uyi bosh tarbiyachisi

Raxmatullayev Oʻktam Gʻulomovich - Boʻka tumanidagi 19-bolalar musiqa va sanʻat maktabi direktori, Toshkent viloyati

Tulayeva Oyim Turayevna - Oʻzbekiston orkestrlari birlashmasi Respublikada xizmat koʻrsatgan xor jamoasi artisti

Fazlutov Zamir Yamilevich - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti

Xodjayev Ablat - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining yetakchi ilmiy xodimi

Shaybakova Liliya Vadimovna - Yoshlar simfonik orkestri artisti

Shodiyev Muzafar Yuldoshovich - “Oʻzbekfilm” aksiyadorlik jamiyati kinorejissyori

Eshniyozov Joʻrabek Jabborovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test sinovlarining kompyuter tahlili va axborotlashtirish boshqarmasi boshligʻi



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018 yil 28 avgust

7 766