Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.08.2016 20:18 Chop etish versiyasi

«O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:

1-Курбанов Равшанбек Давлетович.jpg
Kurbanov Ravshanbek Davletovich – «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» aksiyadorlik jamiyati direktori

2-Ражабов Шарипбой.jpg
Rajabov Sharipboy – Bog‘ot tumanidagi «Bog‘ot» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

3-Умматов Эркин Рахманович.jpg
Ummatov Erkin Raxmanovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i

4-Шарапова Мухаббат Араповна.jpg
Sharapova Muxabbat Arapovna – Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2016-yil 23-avgust


15 403