O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish, pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullarini keng joriy etish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni ta’minlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, tijorat banklari va pillachilik tarmog‘i tashkilotlarining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

tijorat banklari va pillachilik tarmog‘i tashkilotlari muassisligida yangidan tashkil etiladigan “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlari – “Janubipaksanoat”, “Shimolipaksanoat”, “Markazipaksanoat”, “Vodiyipaksanoat” va “Toshkentipaksanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” hududiy birlashmalari negizida tashkil etiladigan hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;

tuman va tumanlararo “Pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari negizida tashkil etiladigan tuman “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;

ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani qayta ishlash hamda ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha tashkilotlar.

2. Quyidagilar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:

a) ozuqa bazasini takomillashtirish bo‘yicha:

tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sug‘oriladigan yer maydonlari ajratish bo‘yicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash;

ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;

b) ipak qurti urug‘i va pilla yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash bo‘yicha:

Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli urug‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish;

respublika hududlari bo‘yicha pilla yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash, pilla tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari bo‘yicha pilla yetishtirish uchun buyurtmalarni joylashtirish;

sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish;

v) pillani chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha:

ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va uning sifatini yanada yaxshilash, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini o‘zlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish;

mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish, ipak mahsulotlari narxini shakllantirishning maqbul mexanizmini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish;

g) tarmoqni jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha:

pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish hamda ichki va tashqi bozordagi narxlar monitoringini olib borish;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, imtiyoz va yengilliklar berish, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablag‘larini jalb qilish orqali Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ko‘maklashish;

Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar manfaatlarini ko‘zlab, davlat bojini to‘lamasdan sudga da’vo arizalari tayyorlash va taqdim etish hamda davlat organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.

3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

“Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlari va pillachilik tarmog‘ining boshqa tashkilotlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining muassislari hisoblanadi;

“Bukhara Brilliant Silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonaci hamda Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmog‘ining boshqa tashkilotlari “Janubipaksanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;

“Asakabank” ATB hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan pillachilik tarmog‘ining boshqa tashkilotlari “Shimolipaksanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;

“Agrobank” ATB hamda Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmog‘ining boshqa tashkilotlari “Markazipaksanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmog‘ining boshqa tashkilotlari “Vodiyipaksanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmog‘ining boshqa tashkilotlari “Toshkentipaksanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi.

4. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi, uning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 40 nafar bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi hamda “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlarining namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisiga, zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.

5. Belgilab qo‘yilsinki:

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining raisi va uning o‘rinbosarlari muassislar umumiy yig‘ilishining qarori bilan saylanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga ko‘ra tegishli ravishda vazir va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati va “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlarining joriy ta’minoti va faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi pillachilik tarmog‘i tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

6. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Ishchi guruhga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2017-2021-yillarda pillachilik tarmog‘ini kompleks ravishda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklansin.

Ishchi guruh chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarga e’tiborni qaratsin:

Uyushma va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, pillachilik sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish va mavjud tutzorlarni modernizatsiya qilish orqali pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash;

ipak qurti urug‘ining mahsuldor zotlarini yaratish va joriy etish, importni qisqartirish va kelgusida respublikaning ichki ehtiyojini to‘liq ta’minlash maqsadida ularni ishlab chiqarish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;

pilla yetishtirish va tayyorlash hajmlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, sifatini yanada yaxshilash, ipak qurtining mahsuldorligini oshirish;

pillaga dastlabki ishlov berishning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini xatlovdan o‘tkazish, ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

pillachilik tarmog‘i tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ko‘mir, polietilen, polipropilen, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘z vaqtida, tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha ajratish orqali belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish hamda pillachilik tarmog‘ining xo‘jalik yurituvchi subyektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash;

sifat menejmentining zamonaviy usullarini, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uning xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirilishi va standartlashtirilishini ta’minlash;

kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida pillachilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish va yangilash.

7. 2023-yil 1-yanvargacha:

ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlash, tayyor ipak mahsulotlar hamda pillachilik tarmog‘i uchun yordamchi materiallarni (sun’iy pilla o‘rash dastalari) ishlab chiqarishdan olinadigan daromadlar – yuridik shaxslarning yagona soliq to‘lovini to‘lashdan;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin;

uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi (kasanachi)lar – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etilsin;

pilla yetishtiruvchi tashkilotlar – pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod etilsin va bundan bo‘shagan mablag‘lar kasanachilar va ishchi-pillakorlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Mehnat vazirligining pillachilikni, pillachilik tarmog‘i ishchilari va tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan to‘liq bir mavsum ishlangan davrlari ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga ko‘ra pillachilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga ko‘ra pillachilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga ko‘ra pillachilik tarmog‘ida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.

12. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga Uyushma a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizalarini taqdim etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqi berilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga, jumladan, hukumat aloqasiga ulashni ta’minlasin.

14. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Toshkent shahri hokimligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ismoil ota ko‘chasidagi 1-a uydan ijara haqi bo‘yicha “nol” stavkasini belgilagan holda zarur maydon ajratsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 29-mart

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat”
uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga

SHARH 

O‘zbekistonda pillachilik sohasi qadim tarixiy va o‘zining ko‘p asrlik an’analariga ega.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrlardan boshlab pillachilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini va uning turlarini kengaytirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Yurtimizdagi qulay tabiiy-iqlim sharoitlari ipak ishlab chiqarish sohasidagi boy madaniy-tarixiy merosni munosib davom ettirish va respublikamiz hududlarida pillachilikni yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. Bugungi kunda mavjud 80 million tup tut qatorlari va 51 ming gektar maydondagi tutzorlardagi mavjud ozuqa bazasi hisobiga yiliga 450 ming qutidan ortiq ipak qurti parvarishlanib, 26 ming tonna pilla yetishtirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, kimyo sanoatining jadal rivojlanishi, sun’iy va sintetik tola ishlab chiqarish hajmlarining ortishi jahon bozorida tabiiy ipak mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keldi.

Pillani qayta ishlash korxonalari mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, tayyor mahsulot turlarini ko‘paytirish va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan manfaatdordir.

Tahliliy natijalar bugungi kunda ipak qurti urug‘i yetishtirishga ixtisoslashgan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish texnologiyalarining eskirganligi va modernizatsiya qilinmaganligini ko‘rsatmoqda. Sohaga tizimli yondashuv va muvofiqlashtirishning yetarli darajada emasligi oqibatida mazkur korxonalar mamlakatimizdagi ipak qurti urug‘iga bo‘lgan talabni to‘liq ta’minlamayapti.

Vujudga kelgan ipak qurti urug‘i yetishmovchiligi o‘rnini qoplash uchun har yili 230-250 ming quti ipak qurti respublikamizga import qilinmoqda va bu tarmoq korxonalari ehtiyojining 50 foizini tashkil etmoqda.

Mavjud tutzorlardan foydalanish, ularni saqlab qolish va mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan, ozuqa qiymati yuqori bo‘lgan tut ko‘chatlarini ekish talab darajasida tashkil etilmaganligi, tut plantatsiyalarida tegishli agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilmasligi tutzorlardagi, dala va yo‘l chetlaridagi tut tup sonlari va hosildorligining yil sayin pasayib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, hududlarda ipak qurtining aholi xonadonlarida boqilishi bir qator noqulayliklar tug‘dirib, mavsumdan keyin pilla boqilgan xonalarni ta’mirlash aholi uchun sezilarli darajada moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Xonadonlarda pilla boqish uchun zarur sharoitlarning yetarli emasligi ham yuqori sifatli va kutilgan pilla hosilini olish imkonini bermaydi.

Shuningdek, pillakorlarning yetarli darajada va o‘z vaqtida moddiy rag‘batlantirilmasligi ularning pilla boqishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmoqda.

Pillani qabul qilish va unga birlamchi ishlov berish ishlari hanuzgacha ma’naviy eskirgan va katta xarajat talab qiladigan uskunalar bilan jihozlangan tuman “Pilla” korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularga yetarli miqdorda xo‘jaliklar biriktirilmagani oqibatida ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish korxonalari naslli pilla bilan to‘liq hajmda ta’minlanmayapti.

Pilla xomashyosi yetarli hajmda ishlab chiqarilmayotganligi aksariyat pillani qayta ishlash va ipakchilik korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlamasdan, yiliga 4-5 oylab faoliyatini to‘xtatib qo‘yishiga olib kelmoqda.

Bugungi kunda tarmoq nufuzini oshirish uchun ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, sifatli ipak qurti urug‘i yetishtirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish, sanoatbop pilla xomashyosini yetishtirish va pillani qayta ishlash korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’minlash barobarida tayyor raqobatbardosh mahsulot bilan jahon bozoriga chiqish va sohaning eksport imkoniyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda.

Tarmoqda mavjud muammolarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq tijorat banklari ishtirokida ta’sis etiladigan, o‘ziga ma’lum xo‘jalik zonalari biriktiriladigan, hududlarda pillachilik tarmog‘i korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradigan beshta mintaqaviy jamiyatdan iborat “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilmoqda.

Shu bilan bir qatorda hududiy va tuman “Agropilla” korxonalarini tashkil etish, ular zimmasiga sifatli ipak qurti urug‘ini pillachilik bilan shug‘ullanuvchi kasanachilar va tashkilotlarga tarqatish, ipak qurtini parvarishlash va pilla yetishtirish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish, pilla yetishtirish jarayonini monitoring qilish, pillani yig‘ish va tayyorlashni amalga oshirish kabi vazifalarni yuklash ko‘zda tutilmoqda.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari sifatida tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlash uchun sug‘oriladigan yer maydonlarini taqdim etish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, tut plantatsiyalari qoshida va tut oralarida ikkilamchi faoliyatni, jumladan, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilikni yo‘lga qo‘yish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda sotish belgilangan.

Qarorda sifatli ipak qurti urug‘i va pilla xomashyosi yetishtirish, unga birlamchi ishlov berish, ipak ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali pillani chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, pillachilik tarmog‘ini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tizimli yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

2017-2021-yillarda pillachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida qarorga muvofiq pillaga birlamchi ishlov berish tizimini takomillashtirish, sifat menejmentining zamonaviy usullari, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirish, oliy ta’lim muassasalarida pillachilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun Ishchi guruh tuzildi.

Jahon tajribasi ko‘rsatganidek, pilla yetishtirish o‘ziga xos faoliyat turi bo‘lib, unda muvaffaqiyatga erishish tarmoqda mehnat qilayotgan ishchilar tajribasi va moddiy manfaatdorligiga bog‘liq. Qarorda pillachilik sohasi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, modernizatsiya qilish, ozuqa bazasini va pilla yetishtirishni ko‘paytirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida 2023-yil 1-yanvargacha korxonalar yagona soliq, yagona ijtimoiy to‘lov va bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari)dan ozod qilinishi, kasanachilarning jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad solig‘idan ozod qilinishi, shuningdek, pilla boquvchilar va kasanachilarning pilla mavsumidagi davrda bajargan ishlari ularga pensiya ta’minlashda bir yillik ish staji deb hisoblanishi alohida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu imtiyozlar bir tomondan pillachilik sohasi, ipak qurti urug‘i va pilla yetishtiruvchilar, ikkinchi tomondan pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati uchun katta imkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Pilla yetishtirish bilan band aholining moddiy manfaatdorligi kuchayadi.

Qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi pillachilik tarmog‘ining barcha jihatlarini qamrab oladigan hamda uning jadal rivojlanishini ta’minlaydigan yaxlit boshqaruv tizimini yaratish imkonini beradi.

Ozuqa bazasining mustahkamlanishi va kengayishi, pilla yetishtirish majmualarining bevosita tutzorlar yaqinida barpo etilishi, 2 barobar ko‘p hosil beradigan, ozuqa qiymati yuqori va sovuqqa chidamli tut ko‘chatlarining olib kelinishi pilla yetishtirish hajmlarini 35 ming tonnaga (135 foizga) oshirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar, shu jumladan, shoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2021-yilga borib umumiy yetishtirilgan pilla hajmida pillani qayta ishlash ulushi 50 foizgacha oshiriladi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahsulot eksporti hisobidan valyuta mablag‘lari tushumi ortadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida