O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2015 yil 23 yanvar