O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Betakror iste’dodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasini inobatga olib hamda tavalludining 100-yilligini munosib nishonlash maqsadida:

1.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillarining O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100-yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 

2.O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100-yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

3.Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100-yilligini yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin. 

Ushbu rejada:

– shoiraning o‘zbek tilida “Saylanma” asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy to‘plamlarini;

– “Zulfiya zamondoshlari xotirasida” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;

– shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

– O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida “Mustaqillik davri adabiyotida Zulfiya ijodining ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish;

– mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish; 

– 2015-yil mart oyida Toshkent shahridagi “Turkiston” saroyida ziyolilar, faol xotin-qizlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida shoira xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazish tadbirlari ko‘zda tutilsin. 

4.O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100-yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 

5.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2014-yil 31-oktabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida