O‘zA O`zbek

09.01.2015 21:01:02 Chop etish versiyasi

O.Sh.Ashurmatovni Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining qaroriga muvofiq:

Oybek Shodmonkulovich Ashurmatov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2015-yil 9-yanvar