O‘zA O`zbek

27.08.2020 Chop etish versiyasi

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                                           Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 26-avgust

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil “26” avgustdagi PQ-4814-son qaroriga ilova

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

ROʻYXATI

Raximbayev Otabek Davlatbayevich

-

Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Serjanov Pamir Oralbayevich

-

Nukus shahridagi “Oralbay Nukus” oilaviy korxonasi rahbari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Abduxalilov Mirzoxid Voxidjon oʻgʻli

-

Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Komilov Alisher Abdumannob oʻgʻli

-

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ilmiy xodimi (Andijon viloyati)

Djurayev Feruz Xamroyevich

-

“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi aʼzosi (Buxoro viloyati)

Norboyev Jahongir Joʻrabek oʻgʻli

-

Peshku tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Buxoro viloyati)

Tursunov Bekzod
Akbar oʻgʻli

-

Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch doktoranti (Jizzax viloyati)

Xalilov Ravshan Qaxramon oʻgʻli

-

Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Qodirov Farrux
Ergash oʻgʻli

-

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ochilov Muxriddin Toʻlqin oʻgʻli

-

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)

Xaydarov Suhrob Suranbayevich

-

Navoiy shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi (Navoiy viloyati)

Egamov Husen
Erkinovich

-

Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Abduxalilov Farrux Shuxratjon oʻgʻli

-

Yangiqoʻrgʻon tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi vrach-epidemiologi (Namangan viloyati)

Saloydinov Sardorjon
Qodirjon oʻgʻli

-

Toshkent davlat texnika universitetining 1-bosqich magistranti (Namangan viloyati)

Nurullayev Hasan
Joʻrabek oʻgʻli

-

Narpay tumanidagi 64-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi (Samarqand viloyati)

Sharipov Rasul
Shokir oʻgʻli

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari vzvod komandiri (Samarqand viloyati)

Usmonov Jasur
Botir oʻgʻli

-

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Harbiy-texnik instituti tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati)

Eshbekov Azizjon Maxmudjon oʻgʻli

-

Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi (Sirdaryo viloyati)

Lutfillayev Sharafuddin
Rustamovich

-

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining
3-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)

Saparov Olim
Nasimovich

-

“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining Termiz shahar filiali rahbari (Surxondaryo viloyati)

Yoʻldashboyev Boburjon Dilshodjon oʻgʻli

-

Parkent tumanidagi “Modern edusation” intellektni rivojlantirish markazi direktori (Toshkent viloyati)

Shoyunusov Sarvar
Ikrom oʻgʻli

-

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Axadjonov Asilbek Abdusalom oʻgʻli

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Fargʻona viloyati)

Imomov Jasurbek Axrorjon oʻgʻli

-

Oʻzbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Fargʻona viloyati)

Bobojonov Rahmatjon Alisher oʻgʻli

-

Toshkent shahridagi “Kitob dunyosi” gazetasining oʻzbek adabiyoti boʻlimi muharriri (Xorazm viloyati)

Yakubboyev Nodirbek
Murodbek oʻgʻli

-

Oʻzbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Mamajonov Muhiddin Moʻydinjon oʻgʻli

-

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-oʻqchisi (Toshkent shahri)

Mustafin Vladislav Alfredovich

-

Suzish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi (Toshkent shahri)


20 226
O'zA