Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2017 19:41 Chop etish versiyasi

Mamlakatimiz temir yo‘l sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, tarmoqni zamon talablari asosida rivojlantirish, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, respublikamizda temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimini yaratish, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yo‘llarni barpo etish, tarmoqning barqaror va samarali ishlashini ta’minlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin:

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi»     

Ismailov
Xalmurat

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshtemiryo‘lloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan    

Shaymanov Absaxat Bozorovich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Termiz temir yo‘l masofasi yo‘l ta’mirlovchisi, Surxondaryo viloyati

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan 

Abdullayev Nusratillo Sa’dullaevich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» unitar korxonasi bosh direktori

Rabimov Toshkuvat Shodiyarovich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand temir yo‘l masofasi ko‘prik ustasi, Samarqand viloyati

Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri – bosh muhandisi

Soy Viktor Robertovich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «406-ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi» unitar korxonasi boshlig‘i

 

«Do‘stlik» ordeni bilan              

Sagdullayeva Elmira Shavkatovna

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati yetakchi muhandis-texnologi, Toshkent shahri

Xolmamatov Ali Sultonovich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qarshi elektr ta’minoti korxonasi elektromexanigi, Qashqadaryo viloyati

 

«Shuhrat» medali bilan                    

Ganiyev Polat Begdullayevich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi teplovoz mashinisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Rustamov Rustam Beknazarovich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Buxoro aloqa va ishorat masofasi uchastka boshlig‘i, Buxoro viloyati

Egamov Maruf Mirzaxmedovich

-

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo‘qon vagon deposi vagon yig‘uv sexi brigada boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 4-avgust


1 051






Все о погоде - Pogoda.uz