O‘zA O`zbek

14.08.2012 17:44:55 Chop etish versiyasi

London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin va ilovaga muvofiq rag‘batlantirilsin:

“O‘zbekiston iftixori”

Sobirov Rishod Rashidovich – dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Tigiyev Soslan Vaznoyevich – erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Atoyev Abbos Abdurazzokovich – boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Yurtimizning sport sohasidagi shon-shuhratini yuksaltirish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi, Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgani uchun mukofotlansin va ilovaga muvofiq rag‘batlantirilsin:

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Taymazov Artur Borisovich – erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 14 avgust