O‘zA O`zbek

29.08.2018 21:49 Chop etish versiyasi

Kerolin Lemmni “Doʻstlik” ordeni bilanmukofotlash toʻgʻrisida

Kerolin Lemmni “Doʻstlik” ordeni bilanmukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlarining har tomonlama oʻzaro manfaatli strategik hamkorligini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy sohalardagi sherikchilik aloqalarini kengaytirish, yirik investitsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirish ishlarida yuqori kasbiy mahoratini namoyon etib kelayotganligi, xalqlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni davomli rivojlantirishga qoʻshayotgan salmoqli hissasi uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                    Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018-yil 22-avgust

1 650