O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to‘siq
va g‘ovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid bo‘lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yo‘l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bog‘liq ishni tashkil etishda ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi.

2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan hamda aholining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to‘g‘risidagi ko‘plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida:

1. Quyidagilar tuzilsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan buyon – Xalq qabulxonalari) – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (bundan buyon – Virtual qabulxona).

2. Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon – murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;

fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon – davlat organlari) va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;

Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;

Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish;

Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmasida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati (bundan buyon – Xizmat) tuzilsin.

Xizmat zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:

murojaatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek ularning faoliyatini me’yoriy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;

davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini, shu jumladan joylarga sayyor chiqishlarni tashkil etish hamda kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish orqali nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan, shuningdek tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;

mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, aybdor shaxslar javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

murojaatlarga asos bo‘lgan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan doimiy tahlillar o‘tkazish;

murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Xalq qabulxonalari kadrlar tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, shuningdek ma’naviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan shakllantirish, to‘ldirish va mustahkamlab borish;

davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam axborot berib borish;

murojaatlar bilan ishlash natijalari ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritib borilishini tashkil etish.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

barcha darajadagi Xalq qabulxonalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilayotgan Xalq qabulxonalari faoliyatini tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining boshqa xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki haftalik muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining tuzilmasi, Nizomi va shtatlar jadvali;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilayotgan Xalq qabulxonalarining namunaviy tuzilmalari va namunaviy nizomlari.

6. Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari, barcha darajadagi hokimlar:

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini, shu jumladan Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etiladigan qabullarini muntazam o‘tkazib borsin;

har oyda Xizmatga murojaatlar bilan ishlashga oid, shu jumladan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonadan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar bilan ishlashga oid o‘z hisobotini taqdim etib borsin.

Davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan javobgarlik xususida qat’iy ogohlantirilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishini ta’minlasin.

9. Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti                                                                      Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2016-yil 28-dekabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida