O‘zA O`zbek

06.03.2019 Chop etish versiyasi

Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 fevralda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda

maʼqullangan

1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 4-modda; 1994 yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 3–4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 162-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014 yil, № 4, 85-modda; 2017 yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda; 2018 yil, № 10, 674-modda) quyidagi oʻzgartishlar 
va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 79-moddaning 4-bandi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan almashtirilsin:

«4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun koʻrib chiqish va maʼqullash kiradi»;

2) 93-modda birinchi qismining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi”;

3) 98-moddaning oʻn birinchi qismidagi “Bosh vazir” degan soʻzlar “Bosh vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi 818–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 12, 465-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 4-moddaning:

yettinchi qismidagi «Bosh vazir» degan soʻzlar «Bosh vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi oʻn birinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzod u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va maʼqullanadi.

Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yangi nomzodni kiritadi.

Vazirlar Mahkamasining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi»;

sakkizinchi oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha oʻn ikkinchi oʻn sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 8-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Bosh vazir Oʻzbekiston Respublikasi hukumati aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi»;

uchinchi toʻqqizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi oʻninchi qismlar deb hisoblansin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida»gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 
4-modda) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining” degan soʻzlardan keyin «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida»gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

1) 8-modda birinchi qismi 15-bandining ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining” degan soʻzlardan keyin «Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2) 9-moddaning 4-bandi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan almashtirilsin:

«4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun koʻrib chiqish va maʼqullash kiradi».

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 221-modda bilan toʻldirilsin:

«221-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va maʼqullash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzod u masʼul qoʻmita, fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va maʼqullanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.

Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yangi nomzodni kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi»;

2) quyidagi mazmundagi 322-modda bilan toʻldirilsin:

«322-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

Qonunchilik palatasining fraksiyalari, deputatlar guruhlari, qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.

Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi».

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi 523–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil № 1, 
1-modda) quyidagi mazmundagi 312-modda bilan toʻldirilsin:

«312-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Senatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

Senatning qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Senatning majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.

Senat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi».

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi OʻRQ–403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil № 6, 300-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:

1) 5-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

«Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish»;

toʻrtinchi oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:

«81-modda. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish

Bosh vazir hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.

Qonunchilik palatasi, Senat Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi, Senat qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi».

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

9-modda. Ushbu Qonun 2019 yil 1 apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining

Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev


4 138
O'zA