O‘zA O`zbek

14.08.2020 Chop etish versiyasi

Fuqarolar yigʻinlarining faoliyati reyting asosida baholanadi

Fuqarolar yigʻinlarining faoliyati reyting asosida baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-avgust №485 sonli “Fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Qarorda fuqarolar yigʻini raisining toʻrtta oʻrinbosari lavozimlari, shuningdek, fuqarolar yigʻinining oltita komissiyasi hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi tugatilgani hamda fuqarolar yigʻini raisining uchta oʻrinbosari, ikkita maslahatchisi va bitta mutaxassis lavozimlari kiritilgani, fuqarolar yigʻinining ikkita yangi komissiyasi tashkil etilgani belgilandi.

Mazkur qarorga koʻra, fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unda, fuqarolar yigʻinlari faoliyatini reyting baholashning umumiy asoslari;

fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini reyting baholashning asosiy koʻrsatkichlari va metodikasi;

fuqarolar yigʻinlari faoliyatini reyting baholashning shaffof tartibi;

reyting baholash natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi qayd etilgan.

Shuningdek qarorda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalarining soʻroviga muvofiq mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan maʼlumotlarni taqdim etaish, bunda maʼlumotlarning asoslangani, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun maʼlumotni kiritayotgan idoralarning birinchi rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari reyting baholash natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni mahalliy byudjetlar daromadlari prognozini oshirib bajarish hisobidan ajratish belgilandi.

Yil yakuni natijalari boʻyicha “namunali” deb topilgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslarga respublika hududidagi sanatoriylardan birida sogʻligini tiklash uchun bir marotabalik bepul yoʻllanma berish amaliyoti saqlab qolingani qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

2020-yil 1-dekabrga qadar fuqarolar yigʻinlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimini olib boruvchi avtomatlashtirilgan veb-portalning texnik-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash, 2021-yilning 1-mayidan veb-portalni ishga tushirish belgilandi.

20 656
OʻzA