O‘zA O`zbek

08.05.2019 Chop etish versiyasi

Eronning faolligi kuchayib bormoqda

Eronning faolligi kuchayib bormoqda

Eron yadroviy kelishuv borasida oʻz zimmasiga olgan ayrim majburiyatlarni bajarishni toʻxtatdi. 

Tehron qabul qilgan qarori yuzasidan Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Germaniya elchilarini xabardor qildi. Bu haqda mamlakat Prezidentining xabarida aytiladi.

Hasan Ruhoniyning bayonotiga koʻra, Tehron toʻyintirlgan uran va ogʻir suvlarni sotishni toʻxtatadi. Oradan 60 kun oʻtib hukumat kelishuvdagi yana bir qator punktlardan voz kechishi mumkin. Eron nefti va bank sektorini Amerika sanksiyalaridan himoya qilish maqsadida Ruhoniyni shartnomaning boshqa ishtirokchilariga mana shu muddatni berdi.

7 may kuni AQSH davlat kotibi kutilmaganda oʻzining Yevropaga tashrifini yakunlab Iroqqa yoʻl oldi. Mayk Pompeo bu qarorini Eronning faolligi kuchayib borayotgani bilan izohladi. Pentagonning taʼkidlashicha, Tehron mintaqadagi Amerika harbiylariga qarshi hujumlarni rejalashtirayotgan boʻlishi mumkin ekan.

Xalqaro sanksiyalarni yumshatish evaziga Tehronning yadro dasturini toʻxtatishga qaratilgan shartnoma 2015 yilda bir tomondan Eron, ikkinchi tomondan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Germaniya ishtirokida imzolangan edi. 2018 yilda AQSH Eron bilan erishilgan bitimdan chiqishini bildirdi. Oʻshanda AQSH Prezidenti Donald Tramp shartnomani adolatsiz deya atagan va oʻzining yangi talablarini ilgari surgan edi. Shundan soʻng Vashington Tehronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi. Yevropa Ittifoqi va Turkiya cheklovlar yadro bitimining saqlanib qolishiga tahdid solishni bildirdi.

1 346
OʻzA