O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni (keyingi o‘rinlarda – EIZ) mahalliy mineral-xomashyo resurslarni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etish, respublika hududlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asnoda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirish uchun xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning muhim omili sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

EIZ faoliyatini tartibga soladigan mustahkam qonunchilik va me’yoriy baza yaratildi, ularni rivojlantirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadigan keng ko‘lamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar tizimi shakllantirildi. Ayni paytda respublikamizning 10 mintaqasida 14 EIZ tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga, EIZ faoliyatida to‘plangan tajriba ularni jadal rivojlantirish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va hal etilmagan masalalar mavjudligidan dalolat beradi. Jumladan:

birinchidan, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda EIZni rivojlantirish borasida ularni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishining aniq maqsadlarini, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik va boshqa maqsadlarni belgilaydigan, shuningdek, EIZni ixtisoslashtirish bo‘yicha aniq prinsip va yondashuvlar mavjud emas;

ikkinchidan, xorijiy kompaniya va firmalarning respublika EIZ hududlarida o‘z biznesini yuritish uchun O‘zbekistonda yaratilgan qulay sharoitlarni keng yoritish va bo‘lajak investorlarni, birinchi navbatda, xorijda ushbu sharoitlar bilan tanishtirish ishlari sust amalga oshirilmoqda;

uchinchidan, istiqbolli loyiha takliflarini shakllantirish, chuqur tahlil qilish hamda baholash maqsadga muvofiqligi, asosliligi va rentabelligi asosida EIZ hududida amalga oshirish uchun tanlab olish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishning barcha sikllarida sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, jumladan, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, obyektlarni ishga tushirish va yakuniy maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan yagona yaxlit tizim yaratilmagan;

to‘rtinchidan, investitsiya loyihalari portfelining sifati past, EIZ hududida yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida, avvalo, mahalliy mineral-xomashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, shuningdek, jahonga mashhur brendlar ostida eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali mahalliylashtirilgan zamonaviy korxonalar tashkil etish ishlari sust amalga oshirilmoqda, EIZ hududida tashkil qilingan xo‘jalik subyektlari o‘rtasida sanoat va kooperatsiya aloqalari yetarli darajada emas, zarur logistika tizimi mavjud emas;

beshinchidan, EIZ ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, ularga yer uchastkalari ajratish, investitsiya loyihalarini ma’qullash, korxonalarni tashqi muhandislik infratuzilmasiga ulash, tadbirkorlarga ishlab chiqarayotgan mahsulotini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashish jarayonlari muddati asossiz cho‘zilmoqda;

oltinchidan, EIZ salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayotgani oqibatida EIZ ishtirokchilari tomonidan raqobatdosh, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi hamon past, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash, respublikada eksport salohiyatini kengaytirish va valyuta tushumlari miqdorini ko‘paytirishdagi ulushi past darajada qolmoqda.

Hududlarni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirishda erkin iqtisodiy zonalar hissasini oshirish, loyiha bo‘yicha boshqarish tamoyillari asosida hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq vakolatli vazirlik, idora va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirish hamda ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

EIZ hududida, birinchi navbatda, klaster yondashuvlardan keng foydalangan holda EIZ ishtirokchilari o‘rtasida yaqin kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliy xomashyo va materiallar asosida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalar tashkil etish;

EIZ hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma obyektlarida yangi malakali ish o‘rinlari tashkil etishni ta’minlash, shu asosda respublika mintaqalari aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish;

mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va dunyoda tanilgan brendlar ostida yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun hududida EIZlar tashkil qilingan mintaqalar ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

etakchi xorijiy kompaniya va korporatsiyalar ishtirokida yuqori texnologiyali zamonaviy innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha eng qulay sharoitlar yaratish;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

EIZ yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib va ularning EIZ hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma obyektlarida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashini nazarda tutgan holda, oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2. EIZ faoliyatining qayd etilgan yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va kompleks ravishda hal etishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati tarkibida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha umumiy soni 5 kishidan iborat sektor tashkil etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari zimmasiga quyidagi asosiy vazifa va funksiyalarni amalga oshirish mas’uliyati yuklansin:

vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, EIZ direksiyasining erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha faoliyatini amaliy muvofiqlashtirishni ta’minlashga doir kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

vakolatli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda har bir erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarini ixtisoslashtirish hamda istiqbolli rivojlantirishga oid yondashuvlar, tamoyillar va aniq dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;

barcha davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi organlar, tijorat banklarining erkin iqtisodiy zonalar hududida belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartib-taomillari qo‘llanilishi bo‘yicha huquqiy normalar va qonunchilik qoidalarining so‘zsiz bajarilishi, investitsiya loyihalarini jadal ilgari surish, byurokratik to‘siq va g‘ovlar bartaraf etilishini tizimli nazorat qilish;

EIZ hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, EIZ ishtirokchisi bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini muntazam monitoring qilish, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, EIZ direksiyasining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobotlarini doimiy eshitish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A.Golishev ikki hafta muddatda yangi joriy etilayotgan lavozimlar bo‘yicha funksional majburiyatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda –Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tuzilsin.

Quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

EIZlar faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etishda ularga amaliy yordam ko‘rsatish, EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha vazirlik, idora, tijorat banklari, joylardagi davlat hokimiyati organlarining faoliyatini aniq muvofiqlashtirish, ular tomonidan byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikka doir tezkor choralar ko‘rish, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari qo‘llashga oid takliflar kiritish;

EIZ faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy masalalarni hal qilish, xorijiy investorlar tomonidan tushayotgan istiqbolli takliflar, shuningdek, EIZ hududida amalga oshirish uchun komissiyaga taklif etilayotgan muayyan loyiha takliflarini tezkor ko‘rib chiqish va kelishilgan qarorlar qabul qilish;

EIZ hududida loyihalarni amalga oshiradigan investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, EIZ ishtirokchilari xo‘jalik subyektlari faoliyatini samarali tashkil qilish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda taqdim etish;

loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida, jumladan, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, obyektlarni ishga tushirish va yakuniy maqsadga erishishda, ularni sifatli tashkil qilish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish;

o‘rnatilgan muddatlarda ishga tushirilishiga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlagan holda erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirilayotgan loyihalarni, shuningdek, EIZ ishtirokchilari xo‘jalik yuritish subyektlari moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini doimiy monitoring qilish, ularga yuzaga keladigan masalalar va muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish;

EIZ ishtirokchilarini tashqi muhandislik ishlab chiqarish infratuzilmasiga o‘z vaqtida ulash va uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyati ustidan amaliy nazorat o‘rnatish, direksiya rahbarlarining ma’qullangan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam eshitish, zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishni ta’minlamagan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va EIZ direksiyasi rahbarlariga javobgarlik choralarini ko‘rish haqida takliflar kiritish.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalarning shaxsiy tarkibini tashkil etsin va tasdiqlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda har bir erkin iqtisodiy zonaning rivojlanish darajasi va faoliyat samaradorligi, mahsulotlarni mahalliylashtirish va import o‘rnini bosadigan loyihalar amalga oshirilishini reyting asosida baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqsin;

joriy yilning 15-avgustigacha istiqbolli hamkorlik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarni aniqlagan holda, Maxsus komissiyaga har bir EIZ bo‘yicha mazkur qarorning qoida va talablarini amalga oshirishga doir tarmoq jadvali va "yo‘l xaritalari"ni taqdim etsin.

Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari rahbarlari bir paytning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining maslahatchilari hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi, ularning birinchi o‘rinbosarlari yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga erkin iqtisodiy zonalar hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar haqida shaxsan hisobot beradi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A.Golishev Maxsus komissiya a’zolari bilan birgalikda joylarga chiqib, har oy mazkur qaror ijrosini, har bir EIZ hududida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini, EIZ ishtirokchisi bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini monitoring qilib borsin.

6. EIZ ishtirokchisi bo‘lgan xo‘jalik subyektlariga EIZ hududida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha kredit-moliya yordamini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining tijorat banklarini erkin iqtisodiy zonalarga biriktirish to‘g‘risidagi taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

Vakolatli tijorat banklari investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan EIZ ishtirokchisi bo‘lgan xo‘jalik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlasin, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini, samaradorligi va o‘zini qoplashini puxta ekspertizadan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratgan holda, ularga biznes-rejalar ishlab chiqishda amaliy ko‘maklashsin.

7. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh.A.Vafoyev) ushbu qarorning 2-ilovasida qayd etilgan vakolatli tijorat banklariga EIZ hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun umumiy hajmi 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilishini ta’minlasin.

Markaziy bank (M.B.Nurmuratov) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I.Axmedxodjayev) va vakolatli tijorat banklari bilan hamkorlikda EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy banklar, xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlarning kredit liniyalarini jalb qilish ishlarini faollashtirish tavsiya etilsin.

8. Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V.Toxiriy):

uch oy muddatda barcha EIZ hududlarida bojxona postlari va omborxonalarining ochilishi va faoliyat yuritishini;

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni erkin bojxona zonasi rejimidan bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan, muqaddam rasmiylashtirilgan bojxona ko‘rigi asosida, eksport bojxona yuk deklaratsiyasi, sertifikatlar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarini taqdim etmasdan, erkin muomalaga chiqarish rejimiga qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K.Saidova) va uning hududiy boshqarmalari:

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R.A.G‘ulomov), Davergeodezkadastr qo‘mitasi (A.X.Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, EIZ direksiyalari bilan hamkorlikda ikki oy muddatda erkin iqtisodiy zonalar chegarasini qayta ko‘rib chiqsin va Maxsus komissiyaga muhandislik tarmoqlariga ulangan, transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga ega faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari tarkibiga kiritishga alohida e’tibor qaratgan holda, ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etsin, bu, o‘z navbatida, yangi korxonalar tashkil etish va ularning kam mablag‘ sarflagan holda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;

uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I.Axmedxodjayev), hududida EIZ tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlar xususiyatlari, mavjud tabiiy, mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi va mehnat salohiyatidan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalar ixtisoslashuvini belgilasin, ularni istiqbolli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin;

2017-yilning 1-oktabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I.Axmedxodjayev), boshqa manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, vakolatli tijorat banklari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda aniq loyiha takliflarini ishlab chiqsin, erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun 2018-yilgi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirsin;

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari doirasida har yili buyurtmachilar, loyiha va pudrat tashkilotlari, moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda, erkin iqtisodiy zonalar hududida, avvalo ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha sanoat korxonalarini hamda infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirishning manzilli ro‘yxatini shakllantirsin;

erkin iqtisodiy zonalar hududida tashkil qilingan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining samaradorligini, ularning mamlakat eksport salohiyatini kengaytirishda ishtirokini muntazam ravishda omilli asosda tahlil qilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I.Axmedxodjayev):

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda bo‘lajak xorijiy investorlar, avvalambor, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy banklar, kompaniya va fondlarning moliya resurslari hamda texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlari) EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalarga jalb etishni ta’minlasin;

xorijiy investorlardan tushadigan istiqbolli takliflar asosida loyihalar bo‘yicha EIZ doirasida amalga oshirish uchun takliflar tayyorlasin;

bo‘lajak investorlarni EIZda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida xorijiy davlatlarda tadbirlar (biznes-forumlar, davra suhbatlari, taqdimotlar, maxsus videoroliklar tayyorlash, OAVda yortish va boshqalar) tayyorlasin va o‘tkazsin;

jalb etiladigan xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, EIZ ishtirokchilarining olingan qarz mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarishini tizimli monitoring qilib borsin.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun uning markaziy apparati tuzilmasida 4 kishidan iborat Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bo‘lim tashkil etilsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (B.I.Zokirov, K.N.To‘laganov) loyiha institutlari bilan birgalikda:

EIZ hududida sanoat korxonalari, transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish bo‘yicha texnik vazifalar, investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqsin;

belgilangan standartlar, qurilish norma va qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, EIZ hududida joylashgan obyektlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatini doimiy asosda davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.

12. Davlat soliq qo‘mitasi (B.R.Parpiyev) va Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V.Toxiriy):

EIZ ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan soliq va bojxona imtiyoz hamda preferensiyalari, valyuta rejimining alohida shartlariga so‘zsiz rioya etilishini, ularning xo‘jalik faoliyatiga aralashuvga yo‘l qo‘ymaslikni;

EIZ ishtirokchilari investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni olib kirishda taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.

13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari:

EIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli loyihalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va kelishish, olingan ijobiy xulosalar asosida xo‘jalik subyektlariga EIZ ishtirokchisi maqomini berishni ta’minlasin;

EIZ hududida ma’qullangan investitsiya loyihalari bo‘yicha "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin;

loyihalarni EIZ hududida joylashtirish uchun yer uchastkalari va obyektlar ajratish to‘g‘risidagi qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M.X.Soliyev), Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi (A.A.Abduvaliyev), "O‘zbekenergo" AJ (U.M.Mustafoyev) va "O‘ztransgaz" AJ (A.S.Mustafoyev) rahbarlari zimmasiga EIZ ishtirokchilari bo‘lgan xo‘jalik subyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga o‘z vaqtida ulash va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J.Ramatov "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ (A.S.Shukurov), "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK (V.N.Tyan), O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (V.V.Ismoilov) bilan hamkorlikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga EIZning respublika avtomobil va temir yo‘l tarmoqlari bilan integratsiyalashtirilgan transport-logistika infratuzilmasini tashkil etishga doir takliflarni kiritsin.

16. Tashqi savdo vazirligi (E.M.G‘aniyev) Iqtisodiyot vazirligi (G.K.Saidova), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I.Axmedxodjayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V.Toxiriy), "O‘zfarmsanoat" AK (M.M.Do‘smurotov) va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Maxsus komissiyaga 2018-2019-yillarda EIZ hududida amalga oshirish uchun tavsiya etiladigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga oid yangi loyihalar bo‘yicha takliflar kiritsin.

17. Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K.Saidova), Moliya vazirligi (B.A.Xo‘jayev), Tashqi savdo vazirligi (E.M.G‘aniyev), Adliya vazirligi (M.M.Ikromov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I.Axmedxodjayev) va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda:

bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni loyihasini belgilangan tartibda taqdim etsin;

ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin.

18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 7-avgust

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida