O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Necha ming yillar davomida azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etib, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan Navro‘zning istiqlol yillarida hayotimizdagi o‘rni va mohiyati tobora oshib bormoqda. Xalqimiz uchun tabiat uyg‘onishi, sharqona yangi yilning boshlanishi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash ezgu, bir so‘z bilan aytganda, tabiiy an’anaga aylanib qoldi. 

Ushbu milliy bayramning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ta’siri, insonning tabiat bilan hamohang bo‘lib yashashi, jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, keksalarga e’zoz va ehtirom, kichiklarga izzat ko‘rsatish, odamiylik, yaxshi qo‘shnichilik, xayr-saxovat, bag‘rikenglik va bunyodkorlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish borasida Navro‘zning mohiyati va ahamiyati tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda bu qutlug‘ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:

1. 2015-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qo‘mita Navro‘z bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

ayni Navro‘z faslida inson o‘zini tabiatning ajralmas, uzviy bir qismi sifatida his etishini ifoda qiladigan, atrof-muhitni, ona zaminni e’zozlab, uning ne’matlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish;

joylarda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida Navro‘z bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bog‘liq urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;

mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun sevimli bayramga aylangan Navro‘zning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan ahillik va totuvlik, mehru saxovat, yoshi ulug‘ insonlarni har tomonlama e’zozlash, ko‘makka muhtoj insonlarga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish;

yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi bo‘lmish Navro‘z faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarimizda hasharlar, keng ko‘lamdagi obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshi-shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarini tanlov asosida jalb etish;

bayram dasturlarini tayyorlashda folklor san’atining eng yaxshi namunalari, xalq o‘yinlariga, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan tarixiy urf-odatlarga, go‘zal insoniy tuyg‘ularni tarannum etadigan mumtoz kuy va qo‘shiqlar, o‘lan va laparlarga keng o‘rin berish.

3. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda xayriya mablag‘lari hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 25-fevral

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2015-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida