O‘zA O`zbek

09.01.2019 Chop etish versiyasi

Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining  ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar  kiritish toʻgʻrisida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda

maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura toʻgʻrisida»gi 746–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 168-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda; 2008 yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda) 54-moddasi «respublika byudjeti» degan soʻzlardan keyin «hamda prokuratura organlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2007 yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2013 yil, № 12, 350-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, 
№ 12, 772-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:

1) 24-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari boshliqlarining axborotini eshitish”;

oʻn beshinchioʻn yettinchi xatboshilari tegishincha oʻn oltinchi oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) quyidagi mazmundagi 253-modda bilan toʻldirilsin:

«253-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha

hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar

(shaharlar) adliya boʻlimlari boshliqlarining

axborotini eshitish

Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.

Hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.

Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi».

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar) 2452-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritilganligi fakti aniqlanganda adliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi”.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida”gi 165–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 255-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 18-moddaning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjalik fanlari akademiyasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi 270–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan 395–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 9, 156-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda) 4-moddasining uchinchi qismidagi “Qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida»gi 474–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 232-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 474-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar) 
4-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha oʻn uchinchi
va oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 21 sentyabrda qabul qilingan OʻRQ–409-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 274-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 8-moddaning matnidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 11-moddaning:

nomidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 21-moddaning ikkinchi qismidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 24-moddaning uchinchi qismidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 41-moddaning ikkinchi qismidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 42-moddaning matnidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 45-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 19 sentyabrda qabul qilingan OʻRQ–408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 273-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 8-moddaning matnidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq 
va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 11-moddaning:

nomidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 18-moddaning matnidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 22-moddaning uchinchi qismidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 82-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 34-moddaning birinchi qismidagi “qishloq va suv xoʻjaligi” degan soʻzlar “qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi” degan soʻzlar “Suv xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi 670–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 5-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 4-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda; 2007 yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 365-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar) 
133-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Uy-joy obyektining manzili boʻyicha doimiy propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzasidan qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar boʻladi”;

uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.

12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi 160–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 24 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–342-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 333-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 22-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy cheklovlarni hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini ham amalga oshiradi»;

2) 23-moddaning:

birinchi qismi “qabul qiluvchi organga” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha xulosasi va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqiladi”.

13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi 522–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1,4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) 7-moddasining uchinchi qismidagi «axborot va kommunikatsiya texnologiyalari» degan soʻzlar «innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 7, 431-modda) 321-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Senat har yili Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda eshitadi”;

toʻrtinchi oltinchi qismlar tegishincha beshinchi yettinchi qismlar deb hisoblansin.

15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 
710–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 9, 244-modda; 
2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 17-moddaning oltinchi qismidagi “qishloq va suv xoʻjaligi” degan soʻzlar “suv xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “qishloq va suv xoʻjaligi” degan soʻzlar “qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 40-moddaning beshinchi qismidagi “qishloq va suv xoʻjaligi” degan soʻzlar “suv xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 41-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi «qishloq 
va suv xoʻjaligi» degan soʻzlar “suv xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda) 214-moddasining ikkinchi qismidagi “Diplomatik servis xizmati” degan soʻzlar “Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–252-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 6, 233-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 7-modda birinchi qismining:

oʻn birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;

2) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “faqat «Oʻzarxiv” agentligining ruxsatiga binoan» degan soʻzlar «Oʻzarxiv» agentligi oldindan yozma shaklda xabardor qilingan holda» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Raqobat toʻgʻrisida»gi OʻRQ–319-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 1, 5-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda; 2018 yil, № 1, 
4-modda, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 21-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi
«va jarima solish» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 29-moddaning uchinchi qismidagi «monopoliyaga qarshi organ» degan soʻzlar «tegishli sudlar» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 10 sentyabrda qabul qilingan OʻRQ–330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 9/1, 239-modda) II boʻlimi toʻqqizinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “Harbiy doktrinaga” degan soʻzlar “Mudofaa doktrinasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 6, 300-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, 
№ 7, 431, 433-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 70-modda birinchi qismi 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv va oʻrmon xoʻjaligi xarajatlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga va ularni saqlab turishga haq toʻlash xarajatlari”;

2) 102-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi boʻyicha xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi”;

3) 103-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 1 fevraliga qadar tasdiqlanadi”;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan joriy yilning 15 fevraliga qadar tasdiqlanadi”;

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin.

21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ–363-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 12, 352-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) 11-moddasining birinchi qismidagi va toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–403-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) 10-moddasi:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Senat har yili Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda eshitadi”;

beshinchi yettinchi qismlari tegishincha oltinchi sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.

23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

24-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining

Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev


18 897
O'zA