O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va jamoatchilik vakillarining xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.

Ushbu rejada:

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini o‘rnatish;

xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni atoqli davlat arbobi va adib Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish;

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobini;

Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;

Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish;

mamlakatimizdagi oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida xotira tadbirlari tashkil etish;

2017-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasini o‘tkazish tadbirlari nazarda tutilsin.

5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                          Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 27-mart

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida