O‘zA O`zbek

14.03.2019 Chop etish versiyasi

«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda

ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 353–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 52-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi»;

2) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«4-modda. Fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish

sohasidagi huquq va majburiyatlari

Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:

o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish;

atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlaridan
o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish;

atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli o‘z sog‘lig‘iga va mol-mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararning o‘rni qoplanishi;

atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish.

Fuqarolar:

atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

atmosfera havosining ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart»;

3) quyidagi mazmundagi 5154-moddalar bilan to‘ldirilsin:

«51-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi

vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi;

atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishini tartibga soluvchi texnik reglamentlarni tasdiqlaydi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

52-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasining atmosfera

havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlaydi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

53-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi

vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tegishli hududda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

54-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining,

nodavlat notijorat tashkilotlarining atmosfera

havosini muhofaza qilishni ta’minlashda ishtirok

etishi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari:

atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshiradi;

aholi o‘rtasida fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi»;

4) 8-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«8-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlari»;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini, doimiy ifloslantiruvchi manbalar fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

5) 9-modda chiqarib tashlansin;

6) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«11-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera

havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishini

tartibga solish

Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishiga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga ko‘ra belgilanadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga muvofiq 
yo‘l qo‘yiladi»;

7) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«13-modda. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilishini

cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish

Atmosfera havosiga doimiy va ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to‘xtatib turilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish (bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi»;

8) 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«14-modda. Yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallariga

doir talablar

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallarining barcha turlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan standartlar, texnik reglamentlar talablariga mos bo‘lishi lozim»;

9) 18-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘simliklarni himoya qilish vositasi, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi omil, mineral o‘g‘it va boshqa preparatlar sifatida kimyoviy moddalarni ishlatishga qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini himoya qilish vositalarini qo‘llash reglamentiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi»;

10) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlashda, xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda qo‘llashni tartibga solishga doir chora-tadbirlarga rioya etishi lozim.

Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni ta’mirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlashi lozim.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi hamda eksporti ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi»;

11) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni, biologik organizmlarni, issiqxona gazlarini va ozonni buzuvchi moddalarni chiqarish hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:

atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni tozalash va unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish uchun inshootlar, qurilmalar va asbob-uskunalardan, shuningdek ularning ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish hamda ularning ishlash qoidalariga rioya etishi;

ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritishi, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘ymasligi, resirkulyatsiyani (ularni qayta ishlatish maqsadida birlamchi tozalashni) amalga oshirishi;

xo‘jalik ob’ektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalarini barpo etishi;

atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini belgilashi;

atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni hamda unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish va (yoki) bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi;

atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sirining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, ularning hisobini yuritishi va statistika hisobotini taqdim etishi;

atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash uchun namunalar olinishini ta’minlashi hamda o‘lchovlarni amalga oshirishi;

yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilg‘ining, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalarning yoki moddalar aralashmasining yoqilishiga, shuningdek yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallar va chiqindilarning yoqilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan yoqish maxsus uskunalardan foydalanib hamda atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi va chiqindilar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilgan hollar mustasno;

energiyani tejovchi va (yoki) resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;

meteorologik sharoitlar noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishini kamaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan tadbirlarni bajarishi;

korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta’sir doirasida atrof-muhitga hamda aholi sog‘lig‘iga zararli ta’sir ko‘rsatilishini baholashdan o‘tkazishi;

kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni hamda bug‘lanuvchi birikmalarni saqlash, tashish shartlariga, ulardan foydalanish va ulardan bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish qoidalariga rioya etishi;

atmosfera havosiga biryo‘la va avariya tufayli ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish yuzasidan choralar ko‘rishi;

chiqindilarning utilizatsiya qilinishini ta’minlashi hamda ular to‘planib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish choralarini ko‘rishi shart.

Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi tuproq, suv va atrof-muhitning boshqa ob’ektlari ifloslanishiga olib kelmasligi kerak»;

12) 25-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir 
ko‘rsatganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan hamda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi»;

13) 26-modda birinchi qismining:

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

14) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat 

ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan ekologik nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quyidagilarni amalga oshiradi:

atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning holati, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;

davlat va idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 

 sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga 

 oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi foydalanilishi atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan avtomototransport vositalari ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi»;

15) 30-modda chiqarib tashlansin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 

uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining

Prezidenti                               Sh. Mirziyoevф


6 281
O'zA