Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2017 17:39 Chop etish versiyasi

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va safarbarlik tayyorgarligi yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligi hamkorlikda:

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirsin;

sohada malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura bosqichidagi ta’limni tashkil etishni ta’minlasin;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ustuvor yo‘nalishlar doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini vazirlik tizimida amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rsin.

3. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.


Favqulodda vaziyatlar vaziri                                              R.DJURAEV 

Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori                M.BOLTABAYEV
 

Toshkent shahri, 2017-yil 7-avgust

1 364






Все о погоде - Pogoda.uz