O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Keyingi yillarda respublikada turar joylar va ijtimoiy-maishiy obyektlar qurilishini rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini yangilash hisobga olingan holda aholi punktlarini shaharlar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantiruvchi shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tizimli asosda amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikaning 96 ta shahri va 87 ta shahar posyolkasi bosh rejalar bilan ta’minlandi, 550 ta qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalariga ega.

Loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda respublika mintaqalarida istiqbolli va iqtisodiy samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etishda ularning faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida 26 ta yetakchi loyiha-qidiruv tashkiloti hamda "O‘zshaharsozlikLITI" DUKning 12 ta filiali tashkil etilgan.

Biroq shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan yetarli ta’minlanmaganligi ularni rejali rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish yo‘nalishidagi obyektlarni oqilona joylashtirish, rivojlantirishning qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda. Jumladan, 23 ta shahar va 994 ta shahar posyolkalarini, shu jumladan, qisqa muddatli davrda respublikaning 138 ta shaharlari va shahar posyolkalarini bosh rejalar bilan ta’minlash talab etiladi.

Loyiha-qidiruv tashkilotlarining ilg‘or innovatsion dasturiy yechimlar va zamonaviy axborot bazasi bilan jihozlanishi hamon yetarli emas, ilg‘or xorijiy tajriba sust joriy etilmoqda, tarmoq uchun zarur malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash yetarli darajada amalga oshirilmayapti, bu, shubhasiz, loyiha mahsulotlari sifatiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Birinchi navbatda, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular bilan aholi punktlarini o‘z vaqtida qamrab olishni ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash va oliy ta’lim muassasalari tomonidan shaharsozlik sohasi mutaxassislari tayyorlash sifatini oshirish borasida shaharsozlik sohasidagi ishlarning holatini tubdan takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

2018-2022 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishning yig‘ma parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

2018-2022 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturlari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq;

2018-2019 yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi 3-ilovaga muvofiq;

ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq ma’muriy-hududiy birliklarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining belgilangan chegaralari va tuzilgan xaritalari asosida 2019 yil 1 fevralgacha bo‘lgan muddatda 2020-2022 yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.

3. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga yuklansin.

4. Quyidagilar:

"O‘zshaharsozlikLITI" DUK – shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi;

"ToshkentboshplanLITI" DUK – Toshkent va Samarqand shaharlari, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi;

"Qishloqqurilishloyiha" MChJ – qishloq joylarda qishloqlar, ovullar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini va ular tarkibida batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda ushbu batafsil rejalashtirish loyihalari uchun topogeodeziya xaritalarini ishlab chiquvchi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi "Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2946-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari – loyihaga ko‘ra aholi soni 20 ming kishidan kam bo‘lgan shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiquvchilar;

"O‘zGAShKLITI" DUK – topografiya-geodeziya ishlarini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya qidiruvlarini ijro etuvchi etib belgilansin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili Davlat byudjeti va O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi loyihalarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga belgilangan tartibda zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar.

6. Belgilab qo‘yilsinki:

loyihaga ko‘ra aholi soni 20 ming kishidan kam bo‘lgan shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, qoidaga ko‘ra, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlanadigan ushbu qarorning 4-bandida ko‘rsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilishi kerak;

mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi punktlarining bosh rejalari faqat tegishli ravishda "O‘zshaharsozlikLITI" DUK va "ToshkentboshplanLITI" DUKning bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanishi kerak;

Toshkent shahri, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining hamda boshqa shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlari asosida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqiga litsenziya olinmasdan xorijiy loyiha-qidiruv tashkilotlari tanlov asosida jalb etilishi mumkin;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi "Arxitektura-rejalashtirish byurosi" davlat unitar korxonalari tasdiqlangan bosh rejalarga ega bo‘lgan aholi punktlarining maydoni o‘n gektardan ortiq bo‘lmagan hududlarida ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini va qurish loyihalarini ishlab chiqishga haqlidir.

7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi 2a-ilovaga muvofiq 2018-2022 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish dasturi va 2b-ilovaga muvofiq 2018-2022 yillarda respublika shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturi doirasida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha potensial loyiha-qidiruv tashkilotlari 2018 yil fevral oyi mobaynida belgilanishini, shuningdek, kelgusi yillarda ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarning parametrlarini tayyorlash doirasida har yili:

1-dekabrgacha – eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha-qidiruv tashkilotlari belgilanishini;

1-yanvargacha – shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlari tasdiqlanishini, keyinchalik loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilishini;

"O‘zshaharsozlikLITI" DUK, "ToshkentboshplanLITI" DUK, "Qishloqqurilishloyiha" MChJ, "O‘zGAShKLITI" DUK va mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarda nazarda tutilgan muddatlarda shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari hamda qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:

"O‘zshaharsozlikLITI" DUK, "ToshkentboshplanLITI" DUK va "Qishloqqurilishloyiha" MChJ bilan birgalikda shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini qurishda ularga rioya etilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining muntazam ravishda monitoringini olib borsin, keyinchalik monitoring natijalarini har bir yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Oliy ta’lim muassasalari bazasida mutaxassis arxitektorlar, loyihalashtiruvchilar va quruvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish tashkil etilishini nazarda tutgan holda "O‘zshaharsozlikLITI" DUK, "ToshkentboshplanLITI" DUK, "Qishloqqurilishloyiha" MChJ va mintaqaviy loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlari sifati oshirilishini ta’minlasin.

uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmaning namunaviy loyihalari asosida shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlari qurilishi tegishli aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga va zarurat bo‘lganda ularga belgilangan tartibda kiritiladigan tuzatishlarga qat’iy muvofiq ravishda qurilishini;

mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirishda va hududlarni qurishda shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishini ta’minlasinlar.

10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida belgilangan tartibda:

ikki oy muddatda "O‘zshaharsozlikLITI" DUK, "ToshkentboshplanLITI" DUK va "Qishloqqurilishloyiha" MChJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tuzilmasiga hududlarni rejalashtirish va qurish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ular faoliyatining samaradorligini oshirishni, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda hajm-rejalashtirish jihatidan loyihalashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilishini;

loyiha - qidiruv tashkilotlari va shaharsozlik faoliyatining boshqa ishtirokchilari orasida tegishli dolzarb axborotni tezlikda va keng ko‘lamli tarqatish imkonini beruvchi zamonaviy texnik darajadagi axborot-tahliliy baza tashkil etilishini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihalashtirish, qurilish jarayonini tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini, shuningdek, ilg‘or qurilish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida arxitektura sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga har tomonlama ko‘maklashsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

ta’limning yangi talab etilgan yo‘nalishlari (qurilishda marketing, qurilishda menejment va boshqalar) bo‘yicha qurilish tarmog‘ida yuzaga kelayotgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, har yili 1 dekabrgacha ta’limning ushbu yo‘nalishlarini ochish va bo‘lajak o‘quv yilida ular bo‘yicha qabul kvotalarini belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yagona shakllarga muvofiq aniqlangan ehtiyojlar bo‘yicha asoslangan takliflarni kiritsinlar;

tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish uchun tizimli asosda tajriba almashishni va maqsadli tajriba orttirishlarni tashkil etish uchun har yili 1 dekabrgacha yetakchi ixtisosli xorijiy oliy ta’lim va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasinlar.

13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,  2018-yil 2-fevral

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga

SH A R H

Keyingi yillarda respublikada shaharsozlikni takomillashtirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Zamonaviy ijtimoiy obyektlar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlagan holda aholi farovonligi darajasini oshirish, arzon va ayni vaqtda qulay hamda shinam uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar shaharlar va qishloq aholi punktlarining arxitektura qiyofasida sezilarli o‘zgarishlar yasamoqda.

Shu bilan birgalikda zamonaviy binolar, inshootlar, ko‘p funksiyali komplekslarni barpo etishgagina emas, balki aholi punktlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ko‘maklashuvchi yangi istirohat bog‘lari, xiyobonlar, suv havzalari va sport inshootlari bilan birgalikda rekreatsiya zonalarini barpo etishga va mavjudlarini obodonlashtirishga katta e’tibor berilmoqda.

Rivojlanishning bosh rejalarini ishlab chiqish jarayoni hududlarni rejali va bosqichma-bosqich qurishning asosi hisoblanadi.

Ushbu omil hisobga olingan holda quyidagi choralar ko‘rildi:

birinchidan, maqsadli davlat dasturlariga muvofiq 96 ta shahar va 87 ta shahar posyolkalari uchun bosh rejalar ishlab chiqildi hamda 550 ta qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari uchun hududlarni me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari tayyorlandi;

ikkinchidan, bosh rejalarni sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqishni ta’minlash maqsadida respublika hududlarida qo‘shimcha ravishda 26 ta yetakchi loyiha-qidiruv tashkiloti hamda “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasining 12 ta filiali tashkil etildi, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga jalb etilgan bosh loyiha tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish choralari belgilandi.

Shu bilan birgalikda shahar va qishloq aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar tomonidan ko‘rilgan choralar yetarli bo‘lmaganligi sababli 23 ta shahar, 994 ta shahar posyolkasi va 922 ta qishloq aholi yashash joylari tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga ega emas.

Loyiha tashkilotlarining zamonaviy texnik vositalar, ilg‘or innovatsion dasturiy mahsulotlar va zarur axborot bazasi bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi loyiha mahsulotining sifati pasayishiga va ishlab chiqish muddatlari cho‘zilishiga olib kelmoqda. Xorijiy tajribani o‘rganishda va kadrlarni tayyorlash jarayonida tizim yo‘qligi ham loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, ular bilan aholi punktlarini o‘z vaqtida qamrab olish uchun shart-sharoitlar yaratishni, loyiha tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirishni, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan arxitektorlar, quruvchilar va tarmoqning boshqa mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda quyidagi choralar nazarda tutilgan:

birinchi – 2018-2022 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturlari, 2018-2019 yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi hamda Ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar tasdiqlandi;

ikkinchi – 2018-2022 yillar davrida 23 ta shahar va 115 ta shahar posyolkasi bosh rejalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatida 55 ta qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari ishlab chiqilishi belgilandi;

uchinchi – shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash va o‘z vaqtida ishlab chiqish maqsadida ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga olib berildi;

to‘rtinchi – ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2946-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari loyihaga ko‘ra aholi soni 20 ming kishidan kam bo‘lgan shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqishga jalb etilmoqda. Shu bilan birgalikda “Qishloqqurilishloyiha” MChJga qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish bilan birgalikda qo‘shimcha batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda ushbu batafsil rejalashtirish loyihalari uchun topogeodeziya xaritalarini ishlab chiqish yuklanmoqda;

beshinchi – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga, shuningdek, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida tegishli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutib ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga har yili zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlash yuklanadi;

oltinchi – shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga tor doiradagi respublikaning loyiha tashkilotlariga monopol huquq berilishi amaliyotidan voz kechish maqsadida qaror bilan birinchi marta Toshkent shahri, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining hamda boshqa shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga xorijiy loyiha-qidiruv tashkilotlarini tanlov asosida jalb etish nazarda tutilmoqda;

yettinchi – loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga ikki oy muddatda "O‘zshaharsozlikLITI" DUK, "ToshkentboshplanLITI" DUK va "Qishloqqurilishloyiha" MChJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tuzilmasiga hududlarni rejalashtirish va qurish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ular faoliyatining samaradorligini oshirishni, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda hajm-rejalashtirish jihatidan loyihalashtirishni nazarda tutuvchi dolzarb o‘zgartirishlar kiritilishini, shuningdek loyiha-tashkilotlari va shaharsozlik faoliyatining boshqa ishtirokchilari orasida tegishli dolzarb axborotni tezlikda va keng ko‘lamli tarqatish imkonini beruvchi zamonaviy texnik darajadagi axborot-tahliliy baza tashkil etilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi;

sakkizinchi – ilg‘or xorijiy tajribani sinchiklab va tizimli o‘rganmasdan hech bir sohada ilg‘or texnologiyalarni joriy etishdan real natijalarga erishib bo‘lmasligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga arxitektura sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga har tomonlama ko‘maklashish topshirildi;

to‘qqizinchi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish uchun tizimli asosda tajriba almashishni va maqsadli tajriba orttirishlarni tashkil etish uchun har yili 1 dekabrgacha yetakchi ixtisosli xorijiy oliy ta’lim va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlash topshirildi;

o‘ninchi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ta’limning yangi talab etilgan yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, har yili 1 dekabrgacha ta’limning ushbu yo‘nalishlarini ochish va ular bo‘yicha qabul kvotalarini belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yagona shakllarga muvofiq aniqlangan ehtiyojlar bo‘yicha asoslangan takliflarni kiritish vazifasi yuklatildi.

Ta’kidlash kerakki, ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar shaharsozlik sohasida normativ-huquqiy va normativ-texnik bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlari tasdiqlanishi qisqa muddatda barcha shaharlarni, shahar posyolkalari va qishloq hududlarining bir qismini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash imkonini beradi, bu esa aholi punktlarining qiyofasini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ko‘chalarni va boshqa hududlarni tartibsiz va o‘zboshimchalik bilan qurish holatlarining oldini oladi, ya’ni aholining qulay yashashi darajasini oshirishga ko‘maklashadi.

Aholi hayot faoliyati uchun qulay muhit yaratish, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi rivojlangan obod aholi punktlarini barpo etish yangi shaharsozlik siyosati amalga oshirilishining natijasi bo‘lishi kerak.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida